19:20 23 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.53
  • EUR9554.57
  • USD8455.37
Jiteli poselka Gilan

Oʻzbekiston qariyalari yana bir rekord oʻrnatishdi

© Goskomturizma Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
139020

Oʻzbekiston oqsoqollari pensiyaga chiqqandan soʻng uzoq yashash boʻyicha MDH rekordi oʻrnatishdi.

TOSHKENT, 27 iyun – Sputnik. Oʻzbekistonlik oqsoqollar MDHda eng uzoq umr koʻruvchi pensionerlar ekan, deb xabar qilmoqla Nuz.uz nashri.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda oʻrtacha umr uzoqligi ayollar uchun 75 yosh, erkaklar uchun 69,7 yoshni tashkil qiladi.

Mutaxassislar ushbu yoshdan nafaqaga chiqish yoshini olib tashlashdi. Oʻzbekistonda bu erkaklar uchun 60 yosh, ayollar uchun 55 yosh. Natijada oʻzbekistonlik onaxonlar pensiya hisobiga oʻrtacha 20 yil, otaxonlar - 9,7 yil yashashi maʼlum boʻldi. Nafaqaxoʻrlarning umumiy yoshi esa – 29,7 yoshni tashkil qilib, MDHda eng yuqori natija boʻldi.

Rossiyada ushbu koʻrsatgichlar 29,6 yoshni tashkil qildi: ayollar uchun 23,2 yoshni, erkaklar uchun esa 6,4 ikki yoshni tashkil qildi.

Uchinchi oʻrinni egallagan Belarusda nafaqaxoʻrlarning umumy yoshi 27 yoshni tashkil qildi. Ayollar uchun 21 yosh va erkaklar uchun – 6 yosh.

Qozogʻiston reytningning eng pastki qatoridan oʻrin oldi. Bu yerda nafaqaxoʻrlarning umumy yoshi 16 yoshni tashkil qildi. bu yerda erkaklar umr uzoqligi oʻrtacha 67 yosh, ayollar – 75 yoshni tashkil qiladi. Nafaqaga chiqish yoshi esa barcha uchun bir xil – 63 yosh.

Asosiy mavzular