O‘zbek matbuotida portlash sodir bo‘ldi - g‘arbiy OAV bosh muharriri

© UzMAAVstrecha rukovodstva UzMAA i radio "Ozodlik"
Vstrecha rukovodstva UzMAA i radio Ozodlik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbek matbuotida ijobiy ma’noda portlash sodir bo‘ldi va biz ana shu portlashning bir bo‘lagi bo‘lishni xohlardik" - dedi Ozodlik radiosi bosh muharriri O‘zMAA rahbari bilan bo‘lgan uchrashuvda.

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Kecha,  29 iyun kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori Laziz Tangriyev va "Ozodlik" radiosi xalqaro notijorat tashkilotining bosh muharriri hamda vitse-prezidenti Ninad Pejichlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Matbuot va Axborot agentligi.

Uchrashuvda O‘zMAA Bosh direktori L.Tangriyev mehmonga Agentlikning asosiy faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berib, ushbu tashkilot ommaviy axborot vositalari sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi ekanligini qayd etib o‘tdi.

Ninad Pejich ushbu fikrni qo‘llab-quvvatlab, Agentlikning xuddi boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi OAV sohasida qonun buzilishlarining oldini olish, ularning faoliyat ko‘rsatishlari uchun guvohnoma berish kabi masalalar bilan shug‘ullanishi unga ma’lum ekanligini alohida ta’kidlab, quyidagilarni ma’lum qildi:

— O‘zbekistonga kelishimning asosiy sabablaridan biri shuki, bugun davlatingizda juda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Biz, albatta, bu o‘zgarishlarni O‘zbekiston uchun yaxshi deb hisoblaymiz. Shuningdek, o‘zbek matbuotida ijobiy ma’noda portlash sodir bo‘ldi. Va biz ana shu portlashning bir bo‘lagi bo‘lishni xohlardik. Aynan mana shuning uchun ham O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tgan holda faoliyat yuritishni istaymiz. Men O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari sohasida katta ishtiyoqni his qilyapman. Chunki hamma davlatlarda ham matbuot sohasidagi vaziyatni yaxshi deb bo‘lmaydi. Ba’zi davlatlarda OAV erkinligi pasayib bormoqda, — dedi Ninad Pejich.

— Siz ta’kidlagan portlash muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning samarasidir. Chunki, sir emaski, har qanday jamiyatda matbuot va OAV erkinligini cheklovchi kuchlar mavjud bo‘ladi. Prezidentimizning qat’iyati, azmu shijoati ana shu kuchlarni yengdi. O‘zbek jurnalistikasi tarixida hech qachon kuzatilmagan imkoniyat eshiklari ochildi, ulkan shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Misol uchun, yaqindagina tashkil etilgan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini yoki nodavlat ommaviy axborot vositalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat fondi tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni aytib o‘tish mumkin. Shuningdek, 27-iyun — Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan o‘nlab nodavlat OAV, xususan, internet nashrlari vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi, — deya fikr bildirdi L.Tangriyev.

Yangiliklar lentasi
0