"Uralskie avialinii" Urganch, Buxoro va Farg‘onaga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

© Sputnik / Aleksandr Polegenko / Mediabankka o‘tishSamolet aviakompanii "Uralskie avialinii"
Samolet aviakompanii Uralskie avialinii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq "Uralskie avialinii" 18-iyuldan Sochidan Toshkentga muntazam reyslar qo‘yishini e’lon qilgandi.

TOShKENT, 6-iyul - Sputnik. Pulkovo aeroporti jadvalida "Uralskie avialinii" aviakompaniyasining Urganch, Buxoro va Farg‘onaga parvozlar ro‘yxati paydo bo‘ldi.

Ayni paytda aviatashuvchining jadvalida Sankt-Peterburgdan Buxoroga Airbus A320 samolyotida 2-oktabrdan 23-oktabrgacha seshanba kunlaridagi parvozlari ro‘yxati mavjud. Chipta narxi bir tomonga 11 ming rubldan boshlanadi. O‘sha davrda shuningdek Airbus A321 samolyotida Urganchga parvozlar amalga oshiriladi. Parvoz narxi 11 ming rubldan boshlanadi.

Farg‘onaga reyslar 11-oktabrdan 25-oktabrga qadar payshanba kunlari Airbus A321 samolyotida amalga oshiriladi. Chipta narxi 11 ming rubldan boshlanadi.

Avvalroq "Uralskie avialinii" 18-iyuldan Sochidan Toshkentga muntazam reyslar qo‘yishini e’lon qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0