10:33 17 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Delegatsiya iz Uzbekistana posetila Belorusskuyu AES

Oʻzbekiston AES qurilishida Belarus tajribasini oʻrganadi

© Ministerstvo energetiki Respubliki Belarus
Jamiyat
Havola olish
52520

“Oʻzbekneftegaz” AJ boshqaruvi raisi Alisher Sultonov boshchiligidagi delegatsiya Belarus AESi axborot markazida boʻldi

TOSHKENT, 7 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston Grodno viloyatida atom elektr stantsiyasi qurilishidagi Belarus tajribasiga qiziqmoqda, deb xabar qildi Belarus Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Bosh vazir oʻrinbosari – “Oʻzbekneftegaz” AJ boshqaruvi raisi Alisher Sultonov boshchiligidagi delegatsiya Belarus AESi axborot markazida boʻldi hamda bu yerda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Belarus AESi Ostrovets shahri yaqinida barpo etilmoqda. AES ikkita energiya blokidan iborat boʻladi. Birinchi energoblok 2019 yilda, ikkinchisi 2020 yilda ishga tushadi.

Eslatib oʻtamiz, shu yilning may oyi oxirida “Rosatom” rahbari Aleksey Lixachev Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan oʻtkazilgan muzokaralar natijasiga koʻra Rossiya Navoiy viloyatida AES qurishini maʼlum qilgandi.

Asosiy mavzular