Amerika va Yevropa mentalitetining farqi

© AP Photo / Virginia MayoFlagi USA i UE w Brukseli
Flagi USA i UE w Brukseli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika va Yevropaning milliy mentaliteti nimasi bilan farq qilishini bilasizmi?

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Mediametrik izlanishlar Markazining yetakchi mutaxassisi Igor Nikolaychuk Amerika va yevropaliklarning milliy mentatiliteti haqida quyidagilarni aytib berdi.

“Milliy qadriyatlar haqida gap ketganda, ushbu mamlakatlarda boylarga nisbatan munosabat butunlay boshqachadir. Bu haqida 50-yilllarda mashhur bo‘lgan fransiyalik yozuvchi Pyer Daninos juda aniq gap aytgan.

Amerikalik kambag‘alning yonidan qimmatbaho avtomobil o‘tib qolsa, u ushbu avtomobilni to‘xtatib, uning ichidagi milliarderning o‘rnida o‘zi bo‘lishni chin dildan istaydi. Agar xuddi shunday holat Fransiyada yuz bersa, har qanday kambag‘al o‘sha boy odam avtomobildan tushib, barcha kabi piyoda yurishini istaydi. Mana sizga milliy mentalitetning farqi,” – deydi Nikolaychuk.

Eslatib o‘tamiz, “milliy mentalitet” deganda biror millat yoki xalqning yillar davomida shakllangan xususiyat va qadriyatlari nazarda tutiladi.

 

Ekspert: v etom osobennosti natsionalnogo xaraktera amerikansev i yevropeysev

 

 

Yangiliklar lentasi
0