18:28 19 Iyul 2018
Efir
  • RUB124.54
  • EUR9100.06
  • USD7787.81
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom stroitelnыx rabot v parke kulturы i otdыxa goroda Namangana

Namangan viloyatiga qariyb 300 million dollarlik investitsiya kiritish rejalashtirilmoqda

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
47510

Loyihalar Kosonsoy, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Chortoq, Chust, Yangiqoʻrgʻon hamda Namangan tumanlarida amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 9 iyul - Sputnik. “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida Namangan viloyatida 34ta investitsion loyiha amalga oshiriladi, deb xabar berdi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi.

Loyihalar Kosonsoy, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Chortoq, Chust, Yangiqoʻrgʻon hamda Namangan tumanlarida amalga oshiriladi.

"Taklif qilingan loyihalarni amalga oshirish uchun 299,5 mln dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya kiritish rejalashtirilgan. Ular qiymati 60,7 mln dollarlik 10ta loyiha, 117,3 mln dollarlik 10ta loyiha va 121,5 mln dollarlik 14ta istiqbolli loyihalardir", - deyiladi xabarda.

Taklif qilinayotgan investitsion loyihalar orasida Namanganda Janubiy koreyalik investorlar bilan hamkorlikda zamonaviy koʻp tarmoqli klinika, Pop tumanida XXRlik investorlar bilan kichik yuk avtomobillari ishlab chiqarish, Uychi tumanida turkiyalik, Chust tumanida rossiyalik hamda Yangiqoʻrgʻon tumanida xitoylik investorlar  bilan korxonalar tashkil etish kabi loyihalar mavjud.

Asosiy mavzular