18:28 19 Iyul 2018
Efir
  • RUB124.54
  • EUR9100.06
  • USD7787.81
Denejnыe kupyurы Uzbekistana

Oliy oʻquv yurtlarida toʻlov-kontrakt miqdori eʼlon qilindi

© Flickr / Aleksandr Zykov
Jamiyat
Havola olish
134813

Oliy taʼlimning barcha yoʻnalishlari uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari eʼlon qilindi.

TOSHKENT, 10 iyul – Sputnik. Bugun oliy taʼlimning barcha yoʻnalishlari uchun toʻlov-kontrakt miqdori eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda “Xalq Soʻzi”.

Xabarda aytilishiga koʻra 2018/2019 oʻquv yilida bakalavriatda bir yillik oʻqish uchun quyidagi toʻlovlar eʼlon qilingan:

  • EKIHning 45 barobari miqdorida — 8 293 500 soʻm. Pyedagogika, Gumanitar fanlar, Matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar, Sotsiologiya va psixologiya, Muhandislik ishi, ishlab chiqarish texnologiyalari, Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligida menejment, qishloq xoʻjalik texnikasi, veterinariya, irrigatsiya va melioratsiya, Ijtimoiy taʼminot, Sport faoliyati,  Atrof muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat xavfsizligi.
  • 46 barobari miqdorida – 8 477 800 soʻm. Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, oʻzbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti, Jurnalistika va axborot, Kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari, Arxitektura va qurilish, Xizmat koʻrsatish sohasi, Transport.
  • 50 barobari miqdorida – 9 215 000 soʻm. Sanʼat, Arxitektura, qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish
  • 55 barobari miqdorida – 10 136 500 soʻm. Iqtisod, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment, Sogʻliqni saqlash.
  • 60 barobari miqdorida – 11 058 000 soʻm. Jahon siyosati, Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, Huquq.

Oʻzbekiston oliygohlarida yangi oʻquv yilidan toʻlov-kontrakt miqdori oshgani haqida oldin xabar bergan edik. Xususan, oʻtgan yilda toʻlovlar miqdori 6 650 000 soʻmdan — 9 850 000 soʻmgacha edi.

Asosiy mavzular