O‘zbekistonda o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat organlari tizimi qayta ko‘rib chiqildi

Obuna bo‘lish
Respublikada “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri kuchga kirdi.

TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O‘simliklar karantini to‘g‘risida"gi qonuni (yangi tahriri) imzoladi, deb xabar qildi Adliya Vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

Orexi i fistashki mojno virastit na zemlyax Lesnogo xozaystva - Sputnik O‘zbekiston
O‘rmon xo‘jaligi yerlarida pista, yong‘oq va loviya yetishtirish mumkin - prezident

Qonunning maqsadi o‘simliklar karantini sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonunda o‘simliklar karantini sohasini tartibga solish, o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati tizimi va unga rahbarlik qilish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning o‘simliklar karantini sohasidagi huquq va majburiyatlari, o‘simliklar karantiniga doir tadbirlar va ularni amalga oshirish, o‘simliklar karantini sohasidagi axborotning ochiqligi, karantin ostidagi mahsulotni olib kirish va olib chiqish, shuningdek yakunlovchi qoidalar nazarda tutilgan.

Xususan, qonunga muvofiq karantin ostidagi mahsulotga, uni olib kirishga, olib chiqishga, ishlab chiqarishga, qayta ishlashga, saqlashga, tashishga, realizatsiya qilishga va yo‘q qilishga doir talablarni belgilaydigan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan hujjatlar fitosanitariya talablaridir.

Shu bilan birga, o‘zgartishlarga muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘simliklar karantini sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi, tegishli hududda o‘simliklar karantini sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi, tegishli hudud aholisini o‘simliklar karantini obyektlari tarqalganligi to‘g‘risida xabardor qilishda o‘simliklar karantini davlat inspektorlariga ko‘maklashadi.

Bulung‘urlik ixtirochi ekin ekadigan mashina yaratdi - Sputnik O‘zbekiston
Bulung‘urlik yosh ixtirochi 753 ming so‘mlik ekish mashinasini yaratdi

Bundan tashqari, qonun bilan o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati organlari tizimi qayta ko‘rib chiqilgan. Jumladan, O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati tizimini:

• O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi;

• Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini davlat inspeksiyalari;

• O‘simliklar karantini ilmiy markazi;

• avtomobil yo‘llaridagi, temir yo‘l stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portlaridagi va pochtamtlarning punktidagi o‘simliklar karantini chegara punktlari tashkil etadi.

Ta’kidlash lozimki, O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmatining ilmiy ta’minotini O‘simliklar karantini ilmiy markazi amalga oshiradi.

O‘simliklar karantini ilmiy markazi o‘simliklar karantini obyektlarining bioekologik xususiyatlarini va ularga qarshi kurashish usullarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib boradi, o‘simliklar karantini obyektlariga qarshi kurashish sohasi xodimlarining kasbiy bilimlari va malakasi oshirilishini, o‘simliklar karantini obyektlari to‘g‘risidagi bilimlarning aholi o‘rtasida tarqatilishini ta’minlaydi.

Qonun 2018-yil 10-iyuldan kuchga kirdi.

Yangiliklar lentasi
0