O‘zbekiston va Belorussiya IIVlari hamkorlik rejasini imzoladi

Obuna bo‘lish
Bugunga kelib O‘zbekiston IIV Belorussiya, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston IIVlari bilan Muvofiqlashtiruvchi guruhlar tashkil etgan.

TOShKENT, 11-iyul – Sputnik. O‘zbekiston va Belorussiya Respublikalari Ichki ishlar vazirliklarining 2018-2019 yillarda o‘zaro hamkorliklari to‘g‘risidagi hujjat imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Toshkentda O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuhamedov va bir qator vazirlik boshqarmalarining boshliqlari hamda Belorussiya ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari general-mayor Ivan Podgurskiy boshchiligidagi delegatsiya a’zolari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Glavi MVD Uzbekistana i Tadjikistana - Pulat Bobojonov i Ramazon Raximzoda - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston Ichki ishlar vaziri Ramazon Raximzoda Toshkentga keldi

Yig‘ilishda ishtirokchilar ikki mamlakat Ichki  ishlar vazirliklari hamkorligida umumjinoyat hatti-harakatlariga qarshi kurashish va qidiruv ishlarini olib borish, terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohasida tomonlarning o‘zaro ma’lumot almashish bo‘yicha faoliyatning bugungi holati va kelajakdagi rivoji  hamda  narko xavf-xatarlarni  bartaraf etish borasidagi masalalarni qizg‘in muhokama qildilar.

“Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh rahbarlari tomonidan 2018-2019 yillarda O‘zbekiston va Belorussiya Respublikalari Ichki ishlar vazirliklarining o‘zaro hamkorliklari to‘g‘risidagi hujjat imzolandi”, - deyiladi xabarda.

Bugunga kelib O‘zbekiston IIV Belorussiya, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston IIVlari bilan Muvofiqlashtiruvchi guruhlar tashkil etgan. Bundan tashqari, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkmaniston va istiqbolda Afg‘oniston, Pokiston, Turkiya bilan ana shunday guruhlar tashkil etish ustida ish olib borilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0