O‘zbekistonliklar MDH davlatlari valyutalarida hisob raqamlari ochishlari mumkin bo‘ladi

© Press-slujba ministerstva finansovMinfin obsudil s SNG programmu loyalnosti v RF
Minfin obsudil s SNG programmu loyalnosti v RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq O‘zbekistonda Qozog‘iston banki ochilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar qilingandi.

TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. O‘zbekiston banklarida yaqin vaqt ichida MDH mamlakatlari milliy valyutalarida hisob raqamlari ochish mumkin bo‘ladi, deb xabar berdi Moliya vazirligi matbuot xizmati.

Bu borada bosh vazir o‘rinbosari,  moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Rossiya Davlatlararo banki delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuvda kelishib oldi.

"Xususan, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki qadam sifatida MDH mamlakatlari milliy valyutalarida o‘zaro korrespondentlik raqamlarini ochish imkoniyati muhokama qilindi", - deyiladi xabarda.

To‘lovlarni amalga oshirishda Davlatlararo bank to‘lovchining mamlakati milliy valyutasi oluvchining mamlakati milliy valyutasiga konversiya qilinishini ta’minlaydi.

Avvalroq O‘zbekistonda Qozog‘iston banki ochilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0