02:35 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Papka s dokumentami

Oʻzbekiston hukumatida yana bir xorijlik fuqaro yuqori lavozimga tayinlandi

Sputnik / Vladimir Fedorenko
Jamiyat
Havola olish
86540

Ushbu mutaxassisning nomzodini Oʻzbekistonga Germaniya tomoni tavsiya qilgan.

TOSHKENT, 11 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Karsten Xayntsni innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari etib tayinladi, deb xabar berdi RIA Novosti Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib.

Maʼlum qilinishicha, ilgari Xaynts Germaniya Taʼlim va ilmiy tadqiqotlar vazirligida ishlagan.

"Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan GFR fuqarosi Karsten Xaynts Oʻzbekiston innovatsion rivojlanish vaziri etib tayinlandi", — dedi vazirlik vakili.

Ushbu mutaxassisning nomzodini Oʻzbekistonga Germaniya tomoni tavsiya qilgan.

Xaynts Oʻzbekiston hukumatidagi ikkinchi xorijiy mutaxassis boʻldi. 2013-2017 yillarda Janubiy Koreya fuqarosi Kim Nam Sok axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlagandi.

Bundan tashqari, respublikada ayni paytda turli sohalarda Turkiya, Janubiy Koreya, Latviya va Gruziya fuqarolari maslahatchi lavozimlarida faoliyat olib bormoqda.

Asosiy mavzular