18:23 19 Iyul 2018
Efir
  • RUB124.54
  • EUR9100.06
  • USD7787.81
Puchok opticheskogo volokna

Oʻzbekiston va Qozogʻiston birgalikda “buyumlar interneti”ni rivojlantirmoqchi

© Sputnik / Igor Zarembo
Jamiyat
Havola olish
194 0 0

“Oʻzbektelekom“ Markaziy Osiyo, Yevropa va Xitoy davlatlari oʻrtasida xalqaro tranzitni rivojlantirish uchun “Qozoqtelekom”ni strategik hamkor sifatida koʻrmoqda.

TOSHKENT, 11 iyul – Sputnik. “Oʻzbektelekom” va “Qozoqtelekom”milliy operatorlari “buyumlar interneti” sohasida hamkorlikda mahsulotlar yaratishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi “Oʻzbektelekom” matbuot xizmati.

“Oʻzbektelekom“ bosh direktori Farhod Roziyev va “Qozoqtelekom” boshqaruvi raisi Kuanishbek Yesekeyev infokommunikatsiya bozoridagi ikkita asosiy oʻyinchini umumiy muvofiqlashtirish maqsadida infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha rejalari bilan almashdilar.

"Uchrashuv doirasida tomonlar SmartCity loyihalarini amalga oshirish, IoT (buyumlar interneti) bazasi asosida mahsulotlarni birgalikda rivojlantirish kabi yangi biznes sohalarda hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldilar”, - deyiladi xabarda.

“Oʻzbektelekom“ shuningdek, Markaziy Osiyo, Yevropa va Xitoy davlatlari oʻrtasida xalqaro tranzitni rivojlantirish uchun “Qozoqtelekom”ni strategik hamkor sifatida koʻrmoqda.

Asosiy mavzular