01:29 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Kuxonnыy kran.

Moʻynoq hokimiyati ichimlik suvi tanqisligi bilan bogʻliq vaziyatga izoh berdi

© Sputnik / Aleksey Malgavko
Jamiyat
Havola olish
124 0 0

Avvalroq Oʻzbekistondagi ayrim OAV Moʻynoqda atigi bir yil avval yangi suv quvuri ishga tushirilgan boʻlsa ham ichimlik suvi yoʻqligi haqida yozgandi.

TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Moʻynoqda shaharning ayrim tumanlarida ichimlik suvi yetkazib berish bilan bogʻliq muammolar kuzatilmoqda. Mahalliy hokimiyatning maʼlumotiga koʻra, 3%ga yaqin xonadon suv bilan taʼminlanishda muammoga duch kelgan, deb xabar berdi Nuz.uz.

Avvalroq Oʻzbekistondagi ayrim OAV Moʻynoqda atigi bir yil avval yangi suv quvuri ishga tushirilgan boʻlsa ham ichimlik suvi yoʻqligi haqida yozgandi.

"Butun Moʻynoq suvsiz qolgani yoʻq. Bu butunlay yolgʻon xabar. Bizning hisobimizga koʻra, ayni paytda shahardagi xonadonlarning 3%idagina suv bilan taʼminlanishda muammo mavjud. Texnik jihatdan bu meʼyoriy holat hisoblanadi. Lekin biz uchun har bir uy, har bir oila muhim, shu bois shahar maʼmuriyati suv taʼminoti tizimidagi kamchilikni bartaraf etish uchun tezkor choaralarni koʻrmoqda", — dedi tuman hokimi Saylovboy Doniyorov.

Uning soʻzlariga koʻra, muammo relyefning oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq: shaharning ayrim tumanlarida quvurlardagi bosimning pastligi tufayli suv isteʼmolchilargacha yetib bormayapti. Tegishli manzillarga taʼmirlash guruhlari yoʻl olgan. Hokimiyat yaqin vaqt ichida suv taʼminotini toʻliq tiklashga vaʼda berdi.

 

Asosiy mavzular