Xalq ta’limi vaziri biznes vakillari bilan uchrashdi

© Mejdunarodniy press-klub RUzShermatov Sherzod - Ministr narodnogo obrazovaniya Uzbekistana
Shermatov Sherzod - Ministr narodnogo obrazovaniya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlik rahbariyati tomonidan respublika xalq ta’limi tizimidagi keng qamrovli vazifalar va yig‘ilib qolgan muammolarni bartaraf etishda orttirilgan tajriba asosida samarali ish mexanizmini tashkil qilish lozimligi qayd etildi.

TOShKENT, 12-iyul – Sputnik. Xalq ta’limi vazirligida jamoatchilik va biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, vazir o‘rinbosarlari hamda jamoatchilik va biznes vakillari Z.Hoshimov (Korzinka.uz), N.Akilova (Nestle), X.Mamasaidov (Dekos.uz), U.Ishmuhammedov (IDP IELTS), M.Qosimov (Technoplaza) va B.Orifjonovlar (Paynet asoschisi) Xalq ta’limi vazirligi huzurida jamoatchilik kengashini tashkil etish masalasini muhokama qildi.

“Uchrashuv yakunida jamoatchilik kengashi nizomini ishlab chiqishni boshlash va uning faoliyatidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishga kelishildi”, - deyiladi xabarda.

Vazirlik rahbariyati tomonidan respublika xalq ta’limi tizimidagi keng qamrovli vazifalar va yig‘ilib qolgan muammolarni bartaraf etishda orttirilgan tajriba asosida samarali ish mexanizmini tashkil qilish lozimligi qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0