18:35 19 Iyul 2018
Efir
  • RUB124.54
  • EUR9100.06
  • USD7787.81
Bespilotnik

Oʻzbekiston huquq tartibot xodimlari dronlardan foydalanishni boshlashdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Jamiyat
Havola olish
316 0 0

Dronlardan foydalanishni birinchi boʻlib Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari boshlashdi.

TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston huquq tartibot organlari xodimlari dronlardan foydalanishni boshlashdi, deb xabar qildi Podrobno.uz nashri.

Dronlardan foydalanishni birinchi boʻlib Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari boshlashdi.

Ushbu qurilmalar aholi koʻp toʻplanadigan ommaviy tarbirlarda huquqbuzarliklarni oldini olish va huquq tartibot organlari xodimlarining ish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Samarqand IIBda dronlarning uchish tezligi soatiga 80 km, uchish balandligi esa 1 kmgacha deb maʼlum qilishdi.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Yer resurslari davlat qoʻmitasi huzuridagi "Geoinnovatsion markaz" DUK va Xitoyning "BShark Holdings Ltd" kompaniyasi oʻrtasida Oʻzbekistonda pilotsiz texnologiyalarni rivojlantirish sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida memorandum imzolangandi.

Kompaniyalar Oʻzbekistonda dron ishlab chiqarish sanoatini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirishmoqda.

Asosiy mavzular