18:35 19 Iyul 2018
Efir
  • RUB124.54
  • EUR9100.06
  • USD7787.81
Pasport grajdanina Uzbekistana

Oʻzbekistonda voyaga yetmaganlarni xorijga chiqishi yengillashtirildi

© Sputnik / Vadim Shekun
Jamiyat
Havola olish
29310

Endilikda ariza-anketalarning ular tahsil olayotgan taʼlim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanishi kifoya qiladi.

TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Toshkent IIBB tomonidan aholiga qulaylik yaratish maqsadida umumtaʼlim maktablari va boshqa taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan voyaga yetmagan shaxslarning chet elga chiqishiga ruxsat berish tartibi yengilashtirilganligi maʼlum qilindi.

"Agar bungacha voyaga yetmaganlarning chet elga chiqishi uchun toʻldiriladigan ariza-anketalarga ular tahsil olayotgan oʻquv idoralari tomonidan muhr bosilishidan oldin, Xalq taʼlimi shahar-tuman boshqarmalaridan ruxsatnoma olish shart boʻlsa, endilikda ushbu ariza-anketalarning ular tahsil olayotgan taʼlim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanishi kifoya qiladi. Bu esa ota-onalarni ortiqcha ovoragarchilikdan xalos etishga, vaqtini tejashiga koʻmak beradi degan umiddamiz", — deyilgan Toshkent IIBB xabarida.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasiga 1 oygacha boʻlgan muddatga vaqtincha yashash uchun kelgan xorijiy va MDHga aʼzo davlatlar fuqarolari vaqtincha roʻyxatdan oʻtish davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi.

Shu bilan birga, ushbu fuqarolar Oʻzbekiston hududida kirib kelgan kunidan boshlab 3 sutka ichida vaqtincha roʻyxatdan oʻtishi lozimligini eslatib oʻtilgan.

Asosiy mavzular