22:21 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
59330

Soat 12:00 dan 17:00 gacha Ashxobod sayilgohida muzqaymoqni bepul tatib koʻrish mumkin.

TOSHKENT, 18 iyul — Sputnik. Toshkentdagi Ashxobod sayilgohida bepul muzqaymoq tarqatish boshlandi.

"Diqqat! Yozgi aktsiya! Soat 12:00 dan 17:00 gacha Ashxobod sayilgohida barchangiz mazali muzqaymoqni mutlaqo bepul tatib koʻrishingiz mumkin. Ashxobod oilaviy sayilgohida eng shirin taassurotlar ega boʻling!", - deb yozilgan sayilgohning Facebookdagi sahifasida.

Eslatib oʻtamiz ushbu sayilgoh shu yil may oyi boshida ochilgan. Uning hududi ikkita - koʻngil ochar va tinch hordiq chiqarish uchun moʻljallangan zonaga ajratilgan. Sayilgohda 60 dan ortiq attraktsion va uyin avtomatlar hamda bepul Wi-Fi bor. Kirish qismida avtomashina turargohi ham mavjud.

Asosiy mavzular