15:08 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev

Mirziyoyev: jinoyatchilikka qarshi kurashishda haligacha eskicha ishlash tizimidan voz kecha olmayapmiz

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
691 0 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatchilikning oldini olish, davlat idoralari va jamiyatning bu boradagi masʼuliyatini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi

TOSHKENT, 27 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligining Axborot markazi Bosh prokuratura tarkibiga oʻtkaziladi, navbatchilik qismlari respublika boʻyicha yagona axborot va boshqaruv tizimiga birlashtiriladi, huquqbuzarliklarni roʻyxatga olishning elektron tizimi joriy qilinadi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatchilikning oldini olish, davlat idoralari va jamiyatning bu boradagi masʼuliyatini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida ana shunday topshiriq berdi. Yigʻilishda parlament va hukumat aʼzolari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari qatnashdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

“Agar hamma birdek jon kuydirib, oilalar muammolaridan toʻliq xabardor boʻlib, ularni hal etishga koʻmaklashgan, jinoyatchilikning barvaqt oldini olganda edi, bugun natijalar umuman boshqacha boʻlardi. Afsuski, jinoyatchilikka qarshi kurashishda haligacha eskicha ishlash tizimidan voz kecha olmayapmiz. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bu faoliyatga koʻrsatkichlarni oldingi davr bilan taqqoslash orqali baho berib kelmoqda. Aslida bitta boʻlsa ham jinoyat boʻlgani hammamizni tashvishga solishi kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, har bir hududda jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish faoliyati reytingini joriy etish vazifasi qoʻyildi. Reytingda yuqori oʻrin olgan rahbar va xodimlar mukofotlanadi, past oʻrin olganlar esa qatʼiy jazolanadi.

Yigʻilishda yoʻl-transport hodisalari koʻpayib borayotganiga alohida eʼtibor qaratildi.

Joriy yilning 6 oyida roʻy bergan shunday hodisalarning 871 tasida 943 nafar odam halok boʻlgan, yana koʻplab insonlar jarohatlangan. Haydovchi va piyodalarning bilimi, qoidalarga itoatkorligi va yoʻl harakati ishtirokchilariga hurmati pastligi bunga sabab boʻlgan.

Shu bois 2018-2022 yillarga moʻljallangan yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash kontseptsiyasi toʻliq va sifatli bajarish, avtotransport boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olish va yoʻl harakati qoidalarini qasddan buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Asosiy mavzular