O‘zbekistondagi birinchi pullik yo‘llarni Germaniya kompaniyasi qurishi mumkin

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishPunkt kontrolya na platnoy avtodoroge
Punkt kontrolya na platnoy avtodoroge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompaniya nafaqat yerusti trassalari, balki tonnellar ham qurishi ko‘zda tutilmoqda.

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Germaniyaning GP Günter Papenburg kompaniyasi O‘zbekistondagi birinchi pullik yo‘llarning qurilishiga jalb etilishi mumkin. Bu prezidentning “2018-2019 yillarda investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan, deb yozadi nuz.uz.

Kompaniya ishtirokida respublikada asfalt aralashtirish qurilmalari va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etilmoqda.

Shuningdek, kompaniya maxsus texnikalarni ta’mirlash, yo‘l qoplamalarini tiklash ishlari bilan ham shug‘ullanadi.

Kompaniya nafaqat yerusti trassalari, balki tonnellar ham qurishi ko‘zda tutilmoqda. Loyihani amalga oshirish uchun 500 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0