Xavfli fleshmob: Yulduz Usmonovaga chora ko‘riladimi

© SputnikSotrudnik GAI
Sotrudnik GAI - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kiki Challenge fleshmob ishtirokchilarining hatti-harakatlari yo‘l harakati qoidalariga zid deb ta’kidladi, Sputnik tahririyatiga Toshkent shahar IIBB vakili

TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Kiki Challenge fleshmobida ishtirok etish inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lishi mumkin, dedi Sputnik muxbiriga Toshkent shahar IIBB vakili.

Kiki Challenge ot Yulduz Usmanovoy - Sputnik O‘zbekiston
Internetda Yulduz Usmonovaning raqsi hammani hayratga soldi

Fleshmobning mohiyati shundaki, bunda amerikalik qo‘shiqchi Dreykning In My Feelings qo‘shig‘iga raqsga tushib, harakatlarda yurak urishini tasvirlash kerak. Bu raqsni ko‘pchilik harakatlanayotgan mashinadan chiqib amalga oshiradi.

Toshkent IIBB ma’lum qilishicha, yo‘l xavfsizligi harakati qoidalariga ko‘ra, mashina harakatlanayotgan vaqtda tana a’zolarini (qo‘llardan tashqari) mashina salonidan chiqarish taqiqlanadi.  

Bundan tashqari, yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, agar bu xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lmasa, piyodalar yo‘l qismiga chiqqanda, u yerda turib qolishi yoki to‘xtashi mumkin emas.

Yo‘lovchilar trotuar yoki yo‘l chekkasida mashinaga chiqish va tushishni transport vositasi to‘liq to‘xtagandan so‘ng amalga oshirishlari zarur. Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda mashina eshigini ochish taqiqlanadi.

Xavfli fleshmobda o‘zbek estradasi primadonnasi Yulduz Usmonova ham ishtirok etdi. Toshkent IIBB ta’kidiga ko‘ra, san’atkor bu raqsni O‘zbekiston hududida amalga oshirmaganligi uchun uni yo‘l harakati qoidalarini buzganligi bo‘yicha javobgarlikka tortib bo‘lmaydi.

Yangiliklar lentasi
0