04:34 10 Dekabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9408.25
  • USD8314.85
Yulduz Usmanova

Yulduz Usmonovaning tanqidlarga loʻnda javobi: hayotdan mamnun boʻlinglar

© Foto: yulduz.uz
Jamiyat
Havola olish
440872

Videorolik boshida Yulduz Usmonova bildirilgan tabriklar uchun hammaga minnatdorlik bildirib, yaxshi kayfiyat tiladi.

TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova internetda bildirilgan tanqidlarga javob berdi.

Bu haqda Facebookdagi guruhlardan birida uning video murojaati joylashtirildi.  

Videorolik boshida Yulduz Usmonova bildirilgan tabriklar uchun hammaga minnatdorlik bildirib, yaxshi kayfiyat tiladi. Hayotdan mamnun boʻlishni oʻrganish kerakligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

“Hayotdan mamnun boʻlinglar. Bunchalik agresiv, negativ boʻlish kerak emas. Opamni achigʻi keladi deb ovora boʻlib oʻylamanglar. Men hammalarini baribir yaxshi koʻraman. Sizlar uchun “Kiki”ni oʻynab yuraveramiz. Bilgan boʻlsalaringiz, oʻrik oldida ham oʻyinga tushganmiz, shunda ham kayfiyatimiz yaxshi edi. Oʻsha "Kiki"ni oʻynagan kunimiz ham, toʻylarni chiroyli oʻtkazib, zoʻr boʻlgani uchun kayfiyat yaxshi edi. Bundan keyin ham kayfiyatimizni Olloh yaxshi qilsin. Sizlar uchun oʻyinga tushib yuraylik”, - deydi Yulduz Usmonova videorolikda.  

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova mashina oldida raqs tushgan videorolik internetda yashin tezligida tarqaldi. Unda sanʼatkor oxirgi payt trend boʻlayotgan "Kiki challenge" raqsini ijro etgandi.

Videorolik sanʼatkorning barcha muxlislarini hayrat va taajjubga solgandi. Videorolikni oʻzbekistonliklar qizgʻin muhokama qilishdi.

Asosiy mavzular