22:14 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
38530

1995 yilda Rossiya va Oʻzbekiston hukumatlari Toshkentdan 250 kilometr masofada joylashgan Suffa platosida xalqaro radioastronomik observatoriya yaratish toʻgʻrisida kelishuv imzolagandi.

TOSHKENT, 4 avg - Sputnik. Rossiya bilan hamkorlikda quriladigan observatoriyaning loyihasini amalga oshirilishi muddati yil oxiriga qadar aniq boʻlishi mumkin, hozirda ishchi guruhi zarur parametrlarni kelishib olmoqda, dedi RIA Novostiga Oʻzbekistonning Belgiyadagi elchisi Dilyor Hakimov.

Avvalroq Rossiya fanlar akademiyasi prezidenti Aleksandr Sergeyev Rossiya va Oʻzbekiston kosmosni oʻrganish maqsadida “Suffa” radioteleskopini qurib bitkazishni rejalashtirganini, tez orada mazkur loyiha boʻyicha yoʻl xaritasi ishlab chiqilishini maʼlum qilgandi.

"Biz “Suffa” observatoriyasi qurilishi boʻyicha Rossiya bilan hamkorlikni tikladik, bu kosmosdan olinadigan axborotning sofligi boʻyicha ikkinchi observatoriya boʻladi. Joylashgan oʻrni, texnik jihatlari boʻyicha bu loyiha beqiyos", - dedi elchi.

Elchining soʻzlariga koʻra, hozirda ishchi guruhi texnik koʻrsatkichlarni kelishayotganligini va yil oxiriga qadar qurilishning aniq boshlanish muddati eʼlon qilinishi mumkinligini aytdi.

1995 yilda Rossiya va Oʻzbekiston hukumatlari Toshkentdan 250 kilometr masofada joylashgan Suffa platosida xalqaro radioastronomik observatoriya yaratish toʻgʻrisida kelishuv imzolagandi. Diametri 70 metrli radioteleskopni 2009 yilda ishga tushirish rejalashtirilgandi. Ammo moliyalashtirish bilan bogʻliq muammolar sababli observatoriya qurilishi toʻxtab qolgandi.

Asosiy mavzular