Senat vakili dabdabali to‘ylarni taqiqlash nega kerakli natijani bermasligini tushuntirdi

© InstagramSvadba docheri tadjikskogo oligarxa Shokirova
Svadba docheri tadjikskogo oligarxa Shokirova  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘y-hashamlar o‘tkazilishini tartibga solish maqsadida Respublika ishchi guruhi tashkil etilgan. Bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilgan ham. Ammo senatorning so‘zlariga ko‘ra, “dabdabani qonunan taqiqlash bilan” ish bitmaydi

TOShKENT, 6 avg – Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Dabdabali to‘ylar masalasi kun tartibidan olingani yo‘q, Senat a’zolari joylarda to‘y-marosimlar milliy va diniy qadriyatlarimizga mos holda, isrofgarchiliksiz o‘tkazilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borishmoqda, dedi Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev.

Jenix i nevesta na brakosochetanii - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekkonsert” to‘ylarda ijro etish tavsiya etiladigan qo‘shiqlar ro‘yxatini tuzadi

Nizamxodjayevning so‘zlariga ko‘ra, Respublika ishchi guruhini tashkil qilingan.  Ishchi guruhi to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solishga oid jamoatchilik fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanadi va bu borada qator ishlarni amalga oshirgan.

Xususan, Respublika ishchi guruhi tomonidan davlat va jamoat tashkilotlari ishtirokida 10 mingdan ziyod uchrashuv, davra suhbati va targ‘ibot tadbirlari tashkil etilgan. Muhokamalarda 120 mingdan ortiq mutaxassis va ekspertlar, jamoatchilik hamda OAV vakillari qatnashganlar.

Respublika ishchi guruhlari, xususan, Adliya organlari, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik markazi tomonidan 250 mingdan ortiq fuqarolar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilgan.

Nizamxodjayev ishchi guruhi faoliyati natijalari xususida ham to‘xtalib o‘tdi.

Plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Senatning to‘ylar bo‘yicha qarori hozircha qabul qilinmadi

"To‘y-hasham o‘tkazish barobarida oilalar qarzga botayotgani ayon bo‘ldi, odamlar “Eshmatdan qolmay, Toshmatdan qolmay”, deya imkoniyatidan ortiqcha harajatlarga yo‘l-qo‘yishmoqda. Ayollarimizning, ular bizdan xafa bo‘lishmasin, orzu-xavaslari juda kengayib ketgani, bu orzu-xavaslarni ijro etaman, deb oila boshliqlari qarzlarga botib qolayotgani ma’lum bo‘ldi", - deydi Senat vakili.

To‘y harajatlari shunchalik katta bo‘lib ketgan-ki, isrofgarchilik - oilaning olgan qarzni o‘z vaqtida to‘lay olmasligiga olib kelayapti.

Shu tariqa aka-uka, opa-singil, qo‘ni-qo‘shni, oshna-og‘ayni o‘rtasida judayam noxush holatlar kelib chiqmoqda.

"Achchiq-arazda qarindoshlar bir-biridan "sovib", hatto yuz o‘girib ketishlari holatlari yuzaga kelgan. Kerakmi shu? Shu bois, mana shunday holatlarni o‘rganish davomida mazkur masala yuzasidan tezkor qaror chiqarmaslik, avvalombor, to‘y-marosimlarni tartibga solish bo‘yicha xalqimizning o‘zi ongli ravishda yondashishi, har bir fuqaroning o‘zi shaxsiy namuna va ibrat ko‘rsatishi lozim degan xulosaga keldik", - deb qayd etdi senat vakili.

Ammo Nizamxodjayevning so‘zlariga ko‘ra, qaror qabul qilinmasligi mazkur masala kun tartibidan olindi degani emas.

Svadebnie kolsa - Sputnik O‘zbekiston
Dabdabaning dabdalasi: dabdabaga qarshi qonun qabul qilinadigan vaqt keldi

Hozirda Senat a’zolari tomonidan joylarda to‘y marosimlarini milliy va diniy qadriyatlarimizga mos holda, tejamkorlik bilan, isrofgarchiliksiz o‘tkazilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borilmoqda.

"Qani o‘rganib ko‘raylikchi, keyin do‘ppini yechib qo‘yib, fikr qilsak, bir to‘xtamga kelsak bo‘ladi. Axir biz tejamkorlik bilan to‘ylarni o‘tkazsak, tejamkorlikni targ‘ibot qilsak, ertaga kim bundan naf oladi? Albatta xalqimiz. Ibratli to‘ylarimizni o‘tkazsak, fuqarolarimizning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchi ortadi, tejamkorlik ertangi kunda fuqarolarimizning bola-chaqasiga qoldiradigan zaxirasi manbalariga putur yetmaslikka olib keladi", - deya o‘z fikrini yakunladi senator.

Yangiliklar lentasi
0