06:31 17 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Studentы vo vremya vstupitelnыx ekzamenov v Uzekspotsentre

Test sinovlarining birinchi haftasida 900ga yaqin abituriyent sinovlardan chetlashtirildi

© X. Paydoyev / Narodnoye slovo
Jamiyat
Havola olish
103 0 0

Oʻzbekistonda 1 avgustdan oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari boʻlib oʻtmoqda.

TOSHKENT, 9 avg – Sputnik. 1—7 avgust kunlari davomida 405 736 nafar abituriyent test sinovlarini topshirdi. Bu haqda Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduhakimov Facebookdagi sahifasida maʼlum qildi.

Imtihonlarning birinchi haftasiga doir asosiy koʻrsatkichlar aks etgan jadvalga koʻra, 11 927 nafar abituriyent turli sabablarga koʻra imtihonlarga kelmagan, 887 nafar abituriyent esa qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygani uchun imtihonlardan chetlatilgan.

Maʼlumot uchun, bu yil oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun 675 049 nafar abituriyent hujjat topshirgan edi.

Oʻzbekistonda 1 avgustdan oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari boʻlib oʻtmoqda. Test sinovlari 15 avgustga qadar davom etadi.

Asosiy mavzular