12:22 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Pustoye kreslo

Toshkent shahar hokimiga oʻrinbosar tayinlandi

Sputnik / Mixail Voskresenskiy
Jamiyat
Havola olish
237 0 0

Elbek Shukurov 2017 yilda “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlangan.

TOSHKENT, 10 avg – Sputnik.  Elbek Shukurov Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Elbek Shukurov 1988 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2009 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

2013-2015 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining aʼzosi, 2017 yildan buyon Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi raisi vazifasida ishlagan.

Elbek Shukurov 2017 yilda “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlangan.

Asosiy mavzular