O‘zbekistonda nogiron haydovchilarga yana bir qulaylik yaratildi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishParkovka dlya invalidov
Parkovka dlya invalidov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylari to‘xtab turish joyi umumiy maydonining kamida 5 foizini tashkil etishi lozim.

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

Shtrafi s Kamer - Sputnik O‘zbekiston
Haydovchilar jarimalarni YHXBga bormasdan to‘lashlari mumkin bo‘ladi

Nizomga muvofiq nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalarini to‘xtab turishi uchun bozorlar, savdo majmualari va boshqa obyektlar hududlaridagi avtotransport vositalari to‘xtab turish joylarining kirish va chiqish qulay bo‘lgan qismida to‘xtab turish joylari tashkil etiladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylari to‘xtab turish joyi umumiy maydonining kamida 5 foizini (kamida 2 ta joy) tashkil etishi lozim.

Mazkur to‘xtab turish joylaridan “Nogiron haydovchi boshqarayotgan avtomobil” taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositasini boshqarayotgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar — nogironlikni tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomasi hamda 16 yoshgacha nogiron bolasi bo‘lgan ota-onalar  — 16 yoshgacha nogiron bola uchun tayinlangan tegishli pensiya guvohnomasi bo‘lganda foydalanishi mumkin.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.

Yangiliklar lentasi
0