04:39 10 Dekabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9408.25
  • USD8314.85
Ravshan Tadjiyev - nachalnik spetsializirovanogo tamojennogo kompleksa TASHKENT AERO

Aeroportlarda fuqarolarga qanday qulayliklar yaratildi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
29210

Xalqaro press klubda "Bojxona: islohotlarning yangi davrdagi muhim vazifalari" mavzusida sessiya oʻtkazildi.

TOSHKENT, 10 avg — Sputnik. “Toshkent-Aero” bojxona kompleksi boshligʻi Ravshan Tojiyev yoʻlovchilar uchun qanday qulayliklar joriy etilganligi haqida axborot berdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

XPK boshlovchisi aeroportda xizmat qilayotgan bojxonachilar faoliyatida qanday muammolar borligi, bojxonachilar imidjida nimalar oʻzgarganligi haqidagi savol berdi.

“Oxirgi ikki yil davomida butun bojxona tizimi sifatida xalqaro aeroportlarda, xususan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida ham bojxona rasmiylashtiruvi taomillari katta oʻzgarishlarga uchradi. Yaʼni soddalashtirish yoʻnalishida katta ishlar amalga oshirildi. Xususan hukumatimiz qarori bilan 2018 yil 1 yanvardan boshlab xalqaro aeroportlarda ikki yoʻlakli, yaʼni yashil va qizil yoʻlakli tizim joriy etildi. Bu tizimning oldingi ishlatilgan tizimdan farqi shundan iboratki, asosiysi yoʻlovchilarni olib oʻtilayotgan valyutasi yoki tovarlari belgilangan meʼyorlardan oshmasa unda yozma ravishda deklaratsiya toʻldirishlari shart emas”, - deb javob berdi Ravshan Tojiyev. 

Shundan soʻng, kompleks boshligʻi yoʻlovchilar tomonidan olib kelishi mumkin boʻlgan tovarlar meʼyori haqida maʼlumot berdi.

“Uchib kelayotgan yoʻlovchilarda koʻpincha oʻzi bilan sovgʻa-salom, oʻz ehtiyoji uchun olib kelayotgan buyumlar boʻlishi mumkin. Bundan tovarlarni miqdori xalqaro aeroportlar olib kelinayotgan yoʻlovchilar uchun ikki ming AQSH dollariga teng deb belgilandi. Oldin bu meʼyor bu tizim tatbiq etilishidan oldin bir ming AQSH dollariga teng edi. Bu ikki baravarga fuqarolarimizga imkoniyat yaratildiki, oʻzi va oila ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan tovarlar miqdori koʻpaydi. Ularning sal erkinliklari oshdi. Bundan tashqari, xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqish yoʻnalishida ham oʻzgarishlar amalga oshirildi. Xususan, besh ming AQSH dollarigacha miqdorda erkin olib chiqishga ruxsat berildi. Bunda agar valyuta ikki ming AQSH dollaridan oshmaydigan boʻlsa deklaratsiyani yozish ham kerak emas. Lekin besh ming AQSH dollaridan oshsa Markaziy bank ruxsatnomasini olib, chiqib ketishi qonunda belgilab qoʻyildi”, - deb qoʻshimcha qildi Ravshan Tojiyev.

Boshlovchi bugungi kunda sayyohlar bojxonadan qancha vaqtda oʻtishlari haqida ham savol berdi.

“Bu tizim ishga tushgandan keyin haqiqatdan ham yoʻlovchilar oʻtish vaqtini monitoring qildik. Yoʻlovchilar qanday oʻtishyapti, qancha vaqt sarflanyapti, bojxona rasmiylashtiruvi va koʻrigi uchun qancha vaqt ketishi oʻrganildi. Hozirgi yashil va qizil yoʻlak ishga tushgandan keyin yoʻlovchiga oʻrtacha bir daqiqa vaqt sarflanmoqda. Oldingi tizimda oʻrtacha uch yarim- toʻrt daqiqa ketardi”, - dedi bojxona kompleksi rahbari.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq aeroportlarda xizmat qilayotgan xodimlar uchun moʻljallangan yangi forma joriy etilganligi haqida xabar bergandik.

Yangi forma rangi, dizayni va pogon yoʻqligi bilan oldingi kiyim boshdan farq qiladi. Harbiy unvonlar metall plastinalarga muhrlanadi va koʻkrakka taqiladi. 

Formani almashtirish sababi – pogonli jiddiy kiyim bosh yoʻlovchilarga ruhiy jihatdan salbiy taʼsir koʻrsatib, ular bilan samimiy muloqot qilishga toʻsqinlik qiladi.  

Tojiyevning fikriga koʻra, yangi forma xodimlarga yoʻlovchilar va poytaxt mehmonlarini yanada doʻstona kutib olib va joʻnatishga yordam beradi.

Asosiy mavzular