O‘qituvchilar maoshi 49%gacha oshadi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishUchitelnitsa sredney shkoli. Arxivnoe foto
Uchitelnitsa sredney shkoli. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yarim yil ichida o‘qituvchilar maoshi 24 %dan 49 %gacha oshadi.

TOShKENT, 14 avg – Sputnik. Yarim yil ichida o‘rta ta’lim tizimida ishlayotgan o‘qituvchilar maoshi 24 %dan 49  %gacha oshadi, deb xabar qildi bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abudhakimov.

Avtomobili Ravon - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘qituvchilarga avtokreditlar beriladi - prezident qarori

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 13-avgust kuni “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzoladi.

Ushbu qarorning asosiy maqsadi O‘zbekistonda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish hamda o‘qituvchilik kasbining jamiyatimizdagi nufuzini yanada oshirishdir.

Yoshlar tarbiyasining "Harakatlar strategiyasiga" kiritilgan yo‘nalishlari

Kelayotgan 5-yilda yoshlar tarbiyasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

  • yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan fidoiy va vatanparvar yoshlarni tarbiyalash;
  • yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash;
  • pedagog xodimlarning qadr-qimmati va nufuzini oshirish, ularning moddiy-ma’naviy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;
  • yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish;
  • yoshlar jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;
  • o‘quvchi yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash.

O‘qituvchilar maoshlari oshiriladi

Prezident qarorida aytilishiga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari 2018-yil 1-sentabrdan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 1,1 baravarga, yuqori sinf o‘quvchilariga uchun o‘rtacha 1,24 baravargacha, direktor, uning o‘rinbosarlari va axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilari uchun 1,1 barvarga oshirildi.

Ministr narodnogo obrazovaniya Sherzod Shermatov - Sputnik O‘zbekiston
Majburiy ushlanmalar, o‘ta past oylik – vazir xalq ta’limidagi muammolar sababini aytdi

2019 yil 1-yanvardan oliy toifali o‘qituvchilar uchun 1,25 baravarga, birinchi toifali o‘qituvchilar uchun 1,2 baravarga, ikkinchi toifali o‘qituvchilar uchun 1,15 baravarga, mutaxassis o‘qituvchilar uchun 1,1 baravarga, direktor, uning o‘rinbosarlari, axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilari uchun 1,1 baravarga oshirildi.

Natijada, ustamalar, sinf rahbarligi va daftar tekshirganlik uchun to‘lanadigan to‘lovlarni hisobga olgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bazaviy tarif stavkalari toifalar bo‘yicha o‘rtacha hisobda 24 – 39 %gacha, yuqori sinf fan o‘qituvchilarining bazaviy tarif stavkasi 37 – 49 %gacha, maktab direktori va ularning o‘rinbosarlariniki o‘rtacha 27 %ga, axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilariki o‘rtacha 26 %ga oshirildi.

Maktablarda psixiologlar paydo bo‘ladi

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, 2018-yil 1-sentabrdan boshlab psixolog shtat birliklari maktabdagi o‘quvchilar soni 250 nafargacha bo‘lganda 1 shtat birligi, 

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda poraxo‘r o‘qituvchilarga "ov" boshlandi
250 nafardan 800 nafargacha 1,5 shtat birligi, 800 nafardan 1600 nafargacha 2 shtat birligi, 1600 nafardan 3000 nafargacha 2,5 shtat birligi, 3000 nafardan ortiq bo‘lsa 3 shtat birligi etib belgilandi.

Shuningdek, maktab psixologlarining bazaviy tarif stavkalari
2018-yil 1-sentabrdan mutaxassis o‘qituvchilar bazaviy tarif stavkalarining 90 foiziga tenglashtirildi hamda 2019-yil 1-yanvardan 1,1 baravarga oshirildi. Natijada maktab psixologlarining bazaviy tarif stavkalari
96 foizga oshdi.

O‘qituvchilarga mukofotlar va imtiyozlar beriladi

Qarorda hududiy, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga eng kam ish haqining 5 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti berish tartibini ishlab chiqish, ta’lim rivojiga munosib hissa qo‘shgan, davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan pedagog kadrlarni davlat va xo‘jalik boshqaruv organlariga qarashli sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida imtiyozli shartlarda sog‘lomlashtirish tizimi yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Muxammadjon Kodirov - Sputnik O‘zbekiston
Biz havas qilardik o‘qituvchining kiygan kiyimiga qarab - dotsent Qodirov bilan suhbat davomi

Shuningdek, qarorda har yili qishloq va shaharlarda arzon uy-joylar qurish dasturlari asosida qurilayotgan uy-joylarning bir qismini xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarga 25-yil muddatga imtiyozli ipoteka krediti sifatida berish, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida pedagog xodimlarning oila a’zolariga imtiyozli kreditlar berish, avtotransport vositasi sotib olish va boshqa maqsadlar uchun kreditlar berish belgilandi.

Qarorda 2018-2020 yillarda pedagoglik kasbining yuksak ijtimoiy mavqeyi va obro‘sini targ‘ib qiluvchi “O‘qituvchi va murabbiylar xiyobonlari”ni tashkil etilishi belgilandi.

Maktab bitiruvchilariga oltin v kumush medallar beriladi

Qarorning yana bir o‘ziga xos jihati 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan maktablar, san’at va madaniyat maktab-internatlari, olimpiya zaxiralari maktab-internatlari hamda akademik litseylar bitiruvchilariga a’lo bilimi, namunali xulqi va jamoat ishlaridagi faolligi uchun oltin va kumush medallarni berish tartibi joriy qilindi.

Yangiliklar lentasi
0