07:24 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Nochnoy klub Aurum 898

Aurum klubining 2 nafar qoʻriqchisi muqaddam sudlangani maʼlum boʻldi

© Repost
Jamiyat
Havola olish
1000 0 0

“Aurum 898” klubining hibsga olingan qoʻriqchilaridan ikki nafari muqadam sudlangani maʼlum boʻldi.

TOSHKENT, 15 avg – Sputnik. Mudhish qotillik yuz bergan “Aurum 898” klubining hibsga olingan qoʻriqchilaridan ikki nafari avval sudlanganganligi aniqlandi, deb xabar qilmoqda haqda Repost nashri Oliy suddagi manbaaga asosan.

“Xususan, 1989 yil Toshkentda tugʻilgan, muassasaning qoʻriqlov xizmatida ishlagan SH. Qilichev va 1982 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan A. Hamroyev muqaddam sudlangan”, - deyilgan xabarda.  

Hibsga olingan yana ikki nafar shaxs — 1994 yilda tugʻilgan S. Kamoldinov va 1992 yilda tugʻilgan J. Yorqulov muqaddam sudlanmagan.

Sud maʼmuriy materiallarni har tomonlama va toʻliq oʻrganib, V. Smirnov va I. Fazliddinovga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 34-moddasiga (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllanish) muvofiq 15 sutka maʼmuriy qamoq tayinladi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Yunusobod tuman sudining 2018 yil 10 avgustdagi ajrimiga mufoviq ayblanuvchilar SH. Qilichov, A. Xamrayev, J. Yorqulov va S. Kamoldinovga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Eslatib oʻtamiz, Toshkentning Yunusobod tumanidagi "Aurum 898" tungi klubida 9 avgust kechasi kurashchi Jamshid Kenjayev va klub qoʻriqchilari oʻrtasida yuz bergan janjal oыibatida, Kenjayev vafot etgan edi.

Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Asosiy mavzular