Mehribonlik uyining shahvoniy rahbarlari 16-yilga qamaldi

© UzAMarg‘ilon 1-Mehribonlik uyining rahbariyati ustidan sud
Marg‘ilon 1-Mehribonlik uyining rahbariyati ustidan sud - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Marg‘ilondagi mehribonlik uyining direktor o‘rinbosarlari 15, 16-yilga qamaldi.

TOShKENT, 16 avg – Sputnik. Voyaga yetmagan bolalarga nisbatan turli jinoyatlar sodir etilgan Marg‘ilon shahridagi 1-Mehribonlik uyi rahbariyatiga sud hukmi o‘qildi deb xabar qilmoqda, O‘zA.

Shifokor. - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston parlamenti bachabozlarni kastratsiya qilish haqida qonun qabul qildi

Farg‘ona viloyat Jinoyat ishlari bo‘yicha sudining yopiq majlisida 1-Mehribonlik uyi direktori o‘rinbosari Q.Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 119-moddasining 4-qismi – (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) va boshqa moddalar bilan uzil-kesil 15-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. 
Ushbu Mehribonlik uyining direktor o‘rinbosari S.Usmanovga oid jinoyat ishi yakunlanib, unga Jinoyat kodeksi 119-moddasi 3-qismining “a” bandi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish)  va boshqa moddalar bilan uzil-kesil 16-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

1-Mehribonlik uyi direktori lavozimida ishlagan K.Yakubov O‘zbekiston Respublikasi JK 207-moddasining 1-qismi(mansabga sovuqqonlik bilan qarash), 115-moddasining 1-qismi (ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash), 167-moddasi 3-qismining “a” bandi (davlat mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 209-moddasining 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida 4-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Vospitanniki detskogo doma - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi barcha bolalar uylarida videokuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda

Bundan tashqari, sud tomonidan Mehribonlik uyi feldsheri vazifasida ishlagan I.Yo‘ldoshev, Mehribonlik uyi tarbiyachisi vazifasida ishlagan H.Yakubova, R.Abdufattoyev, N.Soliyeva, Mehribonlik uyi enagasi vazifasida ishlagan D.Jo‘raboyeva, X.To‘rayeva, Mehribonlik uyi bosh hisobchisi lavozimida ishlagan A.Muydinova, hisobchi A.Saidkamolovalarga nisbatan ular ayblangan moddalar sanksiyasi doirasida jazo tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha oy oldin Farg‘onaning Marg‘ilon tumanidagi 1-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga nisbatan ko‘plab g‘ayriinsoniy jinoyatlar sodir etilgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0