"O‘zbektelekom" Qirg‘iziston orqali qo‘shimcha Internet kanalga ulandi

© Sputnik / Yakov Andreyev / Mediabankka o‘tishMontaj vishek sotovoy svazi v Tomskoy oblasti
Montaj vishek sotovoy svazi v Tomskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi aloqa yo‘nalishi “O‘zbektelekom” aloqa imkoniyatlarini kengaytirib, Afg‘oniston va Turkmanistonga tranzit aloqa kanallarini ochadi.

TOShKENT, 16 avg – Sputnik. “Uzbektelekom” AJ va Qirg‘izistonning “ElKat” MJCh tarmoqlari orasida o‘zbek-qirg‘iz chegarasi orqali o‘tgan aloqa tarmog‘i ulandi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati. 

“Telekommunikatsion ulanma 2018-yilning 16-avgustidan boshlab tijorat foydalanuviga topshirildi”, - deyilgan kompaniya rasmiy xabarida.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, yangi chegaralararo ulanma Internet tarmog‘iga chiqish uchun muqobil yo‘nalish ochadi. Yangi aloqa yo‘nalishi Qirg‘iziston hududi orqali o‘tgan bo‘lib, u “O‘zbektelekom” AJ imkoniyatlarini kengaytiradi. Shuningdek, yangi ulanma “O‘zbektelekom”ga Afg‘oniston va Turkmaniston yo‘nalishida qo‘shimcha tranzit aloqa kanallarini ochadi.

Yangiliklar lentasi
0