17:03 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
856 0 0

“Oʻzbekiston” mehmonxonasi nizom kapitalidagi davlat ulushi savdo chiqariladi.

TOSHKENT, 19 avg – Sputnik. “Oʻzbekiston” mehmonxonasidagi davlat ulushi savdoga chiqariladi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar, Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan.

"Otel O’zbekiston" MCHJning nizom kapitalida 80,13%ni tashkil qiladigan davlat ulushi sotuvga chiqariladi. Uning boshlangʻich narxi hozircha eʼlon qilinmagan", - deyilgan xabarda.

Mehmonxonaning yangi mulkdorlari uni yangilash va kerak boʻlsa toʻliq qayta taʼmirlash majburiyatini boʻynlariga olishlari kerak boʻladi. Mehmonxonaning toʻliq qiymati uch yil ichida davlatga toʻlanishi kerak.

“Oʻzbekiston” mehmonxonasi Toshkentning eng mashhur mehmonxonalaridan biri. U 1974 yilda, shaharning qoq markazida qurilgan. Mehmonxona oynalaridan Amir Temur hiyoboni koʻrinib turadi. Koʻp qavatli mehmonxona yer qimirlashiga chidamli boʻlishi uchun yarim aylana shaklida loyihalashtirilgan.

Asosiy mavzular