Mahalla fuqarolar yig‘inlari uchun yagona internet portal yaratish taklif qilindi

© Startup StockphotosPolzovatel za rabotoy
Polzovatel za rabotoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yagona internet portalning yaratilishi natijasida ma’lumotlar va tavsiyanomalarni tashkilotlar o‘zlari internet orqali onlayn olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Jamoaviy murojaatlar portalida innovatsiyalar va axborot kommunikatsiya texnologiyalar yo‘nalishida mahalla fuqarolar yig‘inlari uchun yagona internet portal yaratish taklif qilindi.

Gazoviy elektronniy schetchik - Sputnik O‘zbekiston
Elektr, suv va gaz hisobotlarini internet orqali yuborish taklif etildi

“Hozirda mahalla fuqarolar yig‘inlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar - ma’lumotnomalar berish, tavsiyanomalar berish, mahalla uchun dolzarb muammolarni fuqarolar orasida muhokama qilish va boshqa xizmatlar ko‘rsatishda ma’lum qiyinchiliklar mavjud. Chunki hammaning ham majlislarda qatnashishga vaqtlari yo‘q. Shuningdek, ma’lumotnomalar va tavsiyanomalar olishda ortiqcha vaqt ketishi va ta’magirlik holatlari uchrab turadi. Shu sababli respublikamizdagi barcha mahalla yig‘inlari uchun yagona interaktiv internet platforma yaratish va bunda har bir mahalla bu platforma-portalda o‘z sahifasini yaratish imkoniyati bo‘lishi lozim”, - deyilgan murojaatda.

Muallifning fikriga ko‘ra, bu platforma-saytda mahallalar ma’lumotnomalarni elektron tarzda ko‘rsatishi, e’lonlar berishi, saylovlar va interaktiv muhokamalar o‘tkazishi (mobil versiyasi orqali), mahalla fuqarolari esa portal orqali o‘z muammolarini ko‘rsatishlari mumkin bo‘lar edi.

Bu platforma-portalning yana bir afzalligi – mahallalar u orqali o‘z ehtiyojlari uchun xayriya mablag‘ to‘plashi hamda sarflangan mablag‘ to‘g‘risida hisobotlarni ko‘rsatish imkoniyatlariga ega bo‘lar edi.

Taklif hukumatga kiritilishi uchun ushbu murojaat 5000 ta ovoz to‘plashi kerak. Hozircha bu taklifga 194 ta ovoz berilgan. Ovoz berish yakunlanishiga hali 83 kun bor.

Yangiliklar lentasi
0