Milliy Olimpiya qo‘mitasi Alisher Usmonovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

© Sputnik / Sergey GuneyevAlisher Usmanov
Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tabriknomada Alisher Usmonovga O‘zbekistonda sportni rivojlantirish va mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirilgan.

TOShKENT, 9 sen – Sputnik. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Alisher Usmonovni 65 yoshi bilan tabrikladi.  

“Bugun, 9-sentabr kuni Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi Prezidenti, vatandoshimiz Alisher Usmonov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan Alisher Burxanovichni qutlug‘ 65 yoshi bilan muborakbod etamiz.

Alisher Usmonovning jahon sporti taraqqiyoti, Olimpiya harakati rivojida tutgan o‘rni beqiyos. Shuningdek, u kishi O‘zbekistonda nafaqat sport va ijtimoiy soha, balki, mamlakat iqtisodiyoti rivojiga ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Biz buni yuksak qadrlaymiz va chuqur minnatdorchiligimizni izhor qilamiz.

Shu bilan birgalikda Alisher Burxanovichning O‘zbekistonda qilichbozlik sport turini rivojlantirish, Respublikamizdagi eng katta stadion «Paxtakor» arenasini tubdan rekonstruksiya qilish va qayta qurish ishlariga bosh-qosh bo‘layotganligi bu insonning qay darajada vatanpavar ekanligidan darak beradi.

Hurmatli Alisher Burxanovich! Bugungi shodiyona kunda Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, ishlaringizga rivoj tilaymiz. O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida hormay-tolmay uzoq yillar mehnat qilishingizni, kasbiy faoliyatingizda esa ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Biz sizdek vatandoshimiz bilan faxrlanamiz!” , - deyilgan tabriknomada.

Yangiliklar lentasi
0