04:50 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Mujchina v naruchnikax

Qoidabuzarlik qilgan haydovchi pora berish vaqti qoʻlga olindi

Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Jamiyat
Havola olish
298 0 0

"Mersedes" haydovchisi maʼmuriy bayonnoma yozmaslikni soʻrab, evaziga xodimga 100 000 soʻm pulni pora sifatida taklif qilgan vaqtda ashyoviy dalil bilan qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 10 sen – Sputnik. Buxoro viloyatida qoidabuzarlik qilgan haydovchi 100 ming soʻm pora berish vaqti IIV va Prokuratura xodimlari tomonidan qoʻlga olindi, IIV matbuot xizmati xabariga asosan.   

Ushbu yilning 8 sentyabr kuni Buxoro viloyatining Kogon shahrida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashovchi T.A. oʻzining “Mersedes-Bents” rusumli avtomashinasida  meʼyoridan ortiq yoʻlovchi olib, yoʻlovchi tashish qoidalarini buzib, avtomashinani boshqarib kelayotgan vaqtida “Qashqadaryo-Buxoro” yoʻlining 172-km.da xizmat olib borayotgan Buxoro viloyati IIB YHXB xodimi tomonidan toʻxtatildi.

Haydovchi T.A.ga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirayotgan vaqtda haydovchi maʼmuriy bayonnoma yozmaslikni soʻrab, evaziga xodimga 100 000 soʻm pulni pora sifatida taklif qilgan.

Ushbu mablagʻni berayotgan vaqtda qoidabuzar haydovchi Buxoro viloyati ichki ishlar organlari va  prokuratura xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir doirasida ashyoviy dalil bilan qoʻlga olingan.

Ayni damda ushbu holat yuzasidan T.A.ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qoidabuzar haydovchi nafaqat yoʻl qoidalarini buzgani uchun, balkim mansabdor shaxsga xizmat vazifasini oʻtash vaqti pora bermoqchi boʻlgani uchun javobgarlikka tortiladi.

Asosiy mavzular