22:26 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Chevrolet Captiva

Captiva oʻrniga nima ishlab chiqariladi?

© Wikipedia
Jamiyat
Havola olish
178642

Oʻzbekistonda birinchi krossover - Chevrolet Captivani ishlab chiqarish toʻxtatilmoqda.

TOSHKENT, 12 sen – Sputnik. Kuni kecha GM Uzbekistan Captiva modelini ishlab chiqarish toʻxtatilishi haqidagi xabarlarni rasman tarqatdi.

Haqiqatdan ham 11 yil oldin bozorga chiqarilgan ushbu avtomobilning "pensiyaga" chiqish vaqti ham kelgandir. Bugun hech qandan avtomobil konveyerda buncha uzoq "yashamaydi". Xoʻsh, biz ushbu avtomobil haqida yana nimalarni bilamiz?

Chevrolet Captiva Oʻzbekiston bozorida rasman sotilgan birinchi krossover boʻldi.

*Krossover soʻzi – asli musiqa sohasiga tegishli soʻz boʻlib, turli janrdagi musiqalarning aralashmasini anglatadi. Avtomobillar sohasida esa bu oʻziga xos oʻxshatish boʻlib, yoʻltanlamas avtomobillarning maʼlum xususiyatlarini hamda u yengil avtomobilning qulayligini oʻzida mujassam qilgan avtomobil maʼnosida ishlatiladi.

2000 yillar boshlarida dastlab AQShda soʻngra Yevropa mamlakatlarida krossoverlar bozori ildam oʻsib bordi. Koʻpchillik odatiy sedan yoki xetchbeklar oʻrniga ulardan koʻra klirensi balandroq, lekin shaharda foydalanishga qoʻylay boʻlgan, universal avtomobillarni xush koʻra boshladi.

Kaptiva ham GM kompaniyasi tomonidan aynan ana shunday avtomobil – zamon va bozor talablariga javob beradigan krosover sifatida yaratilgan edi.

*Captiva - bu  AQShning Florida shtatida joylashgan bir orolning nomidir. Kaptivada bir necha plyaj va dam olish maskanlari joylashgan. Quyida Keptiva orolidan bir necha fotosuratlar tomosha qilishingiz mumkin.

Chevrolet kompaniyasi uchun oʻz avtomobillarini Amerika qitʼasida joylashgan turli joylarining nomlari bilan atash - bu oʻziga xos bir odatga aylangan. Masalan Tahoe, Malibu, Colorado, El Camino, Orlando va boshqalar.

Chevrolet Captiva – avtomobilsozlik tarixida muhim ahamiyatga ega boʻlgan avtomobil. Nega deganda ushbu avtomobil GM kontsernining maʼlum bir bozor uchun emas, balkim butun dunyoda sotish uchun moʻljallangan birinchi global modeli boʻldi.

Chevrolet Captiva dunyoning turli burchaklarida Opel Antara, Vauxhall  Antara, Daewoo Winstorm, Holden Captivani nomlari bilan sotuvga chiqarilgan. Hamma joyda ham  ushbu avtomobil muvaffaqiyatli sotilgan deya olmaymiz. 

Oʻzbekistonda xaridorlar Kaptiva uchun oylab navbatda turgan, millionlab “shapka” toʻlagan vaqtlarda AQShda Captiva umuman muvaffaqiyat qozona olmagan va aksincha bir necha bor “eng kam sotilgan krossover” yoki “eng muvaffaqiyatsiz model” degan nomlarni olgan. Avstraliyada Holden Captiva hatto eng sharmandali import avtomobillari roʻyxatiga ham tushib qolgan.

Rossiya va Oʻzbekistonda esa Captiva taqdiri ancha omadli boʻldi.

2007 yilda Rossiyada Captiva krossoverlar bozoriga kirib kelgan eng birnchi avtomobillardan biri edi. Boshqa krossoverlarga nisbatan Kaptiva kattaroq boʻlib u 3 qator  joylashgan oʻrindiqlar bilan ham jihozlanishi mumkin edi.

Shuningdek uning klassik uslubdagi “vazmin” dizayni turli toifadagi yosh va qari hamda ayol va erkak mizojlar didiga mos edi. 2009 yilda kaptiva yangilanib yanada xaridorgir boʻldi. Shu sababli Captiva Rossiya bozorida oʻn minglab xaridorlarini topdi.

Rossiya yoʻllarida kaptivalar juda koʻp uchraydi. Ularning egalari fikriga koʻra, avtomobil yetarli darajada ishonchli va saloni keng. Koʻpchillik kaptivaning tejamkor emasligidan afsuslanadi. Avtomobil 100 km masofaga 14-18 litr yonilgʻi yoqadi. Zamonaviy krossoverlarda ushbu koʻrsatgich 9 – 9,5 litrni tashkil qilmoqda. Bugungi kunda ishlatilgan avtomobillar bozorida kaptivaning oʻrtacha narxi 500-600 ming rublni tashkil qiladi.

Avtomobil eksperti va avtojurnalist Aleksandr Dobin fikriga koʻra, Captiva bir necha yil oldin narx/sifat xususiyati  boʻyicha yaxshi avtomobil boʻlgan. Lekin bugungi kunda ushbu avtomobil krossoverlar bozoridagi raqobatga dosh bera olmaydi.

Shevrole Treker
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova

Chunki ayni damda Rossiyada krossoverlar bozorida  eng katta raqobat mavjud desak xato boʻlmaydi. Bugun har bir brend 2tadan 5tagacha turli oʻlchamlardagi krossoverlarni bozorga chiqargan. Undan tashqari ushbu avtombillarning tejamkorligi xavfsizligi ham ancha oshgan. Albatta, avtomobillar dizayn ham bir joyda turmaydi. Shuning uchun ham Kaptiva uchun bozorni tark etish vaqti kelgan.

Xoʻsh Kaptiva oʻrniga nima keladi?

GM kompaniyasi Kaptiva oʻrniga qanday avtomobil ishlab chiqarilishi hozircha maʼlum qilgani yoʻq. Koʻpchillikda, yaqinda Jizzax forumida ommaga namoyish qilingan Chevrolet Tracker Kaptivaning oʻrniga keladi degan fikrga borishi mumkin, lekin bu notoʻgʻri.  Chunki Tracker Kaptivadan ancha kichik boʻlib u kompakt krossoverlar sinfiga kiradi.

Amerika bozorida Chevrolet kompaniyasi Kaptiva oʻrnida Equinox modelini savdoga chiqargan. Ayni damda Equinox Kanadaning Ontario shahrida ishlab chiqariladi. Kompaniyaning global bozorlardagi modellari  amerika bozorida sotilayotgan modellarga yil sayin koʻproq uxshab borayotganligini hisobga olganda aynan Chevrolet Equinoxni Koreya yoki Oʻzbekistonda ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi mumkin, Chevrolet Malibu kabi.

Nima boʻlganda ham Janubiy Koreyada Captiva oʻrniga aynan Chevrolet Equinox sotilmoqda. Ushbu fakt bizning ishonchimizga yanada koʻproq ishonch qoʻshdi. Quyida Equinoxning bir necha fotosuratlarini keltiramiz.

1 / 9
Chevrolet Equinox

Asosiy mavzular