Bojxona qo‘mitasi Toshkent aeroportida tasvirga olingan videolavha bo‘yicha munosabat bildirdi

Obuna bo‘lish
Bojxonachilarga e’tiroz bildirgan fuqarolarning 29 nafari havo yo‘llari orqali ko‘p marotaba harakatlanuvchi yo‘lovchilarni tashkil qilgan. Xususan, 2018-yil o‘tgan 8 oyida ular Turkiyaga 9 marotabadan 32 marotabagacha borib kelishgan.

TOShKENT, 17 sen – Sputnik. Davlat bojxona qo‘mitasi Toshkent aeroportida tasvirga olinib, tarqatilgan videolavha bo‘yicha munosabat bildirdi.

Muratjon Azimov - Predsedatel GTK - Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorlarga qanday qulayliklar joriy etildi – bojxona qo‘mitasi raisi javobi

Xabarda aytilishicha, 2018-yil 9-sentabr kuni soat 01:10 da “Toshkent” xalqaro aeroporti umumiy uchib kelish zalida “Istambul-Toshkent” reysi bilan uchib kelgan yo‘lovchilar bagajlarini qabul qilib, bojxona nazoratidan o‘ta boshlaganlar. Bu jarayonda bir qator yo‘lovchilarda bojsiz olib kirish meyorlaridan ortiqcha tovarlar aniqlanib, bojxona ko‘rigi dalolatnomalari rasmiylashtirilgan.

Yo‘lovchilarga tegishli yuklarning rasmiylashtirilayotganini ko‘rgan ayrim yo‘lovchilar esa bagajlarini qabul qilib olganlaridan so‘ng bojxona nazoratidan o‘tishni paysalga solishgan va zaldagi bagaj lentalari atrofida to‘planib olishgan.

“Ammo, ushbu xatti-harakatlari bilan o‘zlari kutgan natijaga erisha olishmagach, yo‘lovchilar bojxona xodimlarining qonuniy talablariga rioya qilmay, tartibsizliklar keltirib chiqarish va vaziyatni keskinlashtirish yo‘li bilan bo‘lsa-da, yuklarini bojxona nazoratisiz olib chiqishga urinishlar sodir etishgan va ushbu holatni o‘zlari tasvirga ham olishgan”, - deyilgan bojxona qo‘mitasi xabarida.

DBQ ma’lum qilishicha, “Toshkent-Aero” bojxona kompleksi rahbariyati va mutasaddi xodimlarining yo‘lovchilar bilan olib borgan tushuntirish ishlaridan so‘ng uchib kelish zalida tartib o‘rnatilgan va yo‘lovchilar birma-bir bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Natijada, tijorat maqsadida tovarlar olib kelgan shaxslarga nisbatan 29 ta bojxona ko‘rigi dalolatnomasi rasmiylashtirilib, bojsiz olib kirish meyorlaridan ortiqcha jami 1174,7 kg og‘irlikdagi turli xil kiyim kechaklar va 225 gr. zargarlik buyumlari dalolatnoma tuzilib, bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun vaqtincha saqlovga olingan.

Misol uchun, shu kuni “Istambul-Toshkent” reysi bilan uchib kelgan fuqaro M.M. o‘zi bilan belgilangan meyorlardan ortiqcha bo‘lgan 84 dona shim, 970 dona ayollar ro‘mollari, 12 dona bolalar sviteri hamda 62,5 gramm zargarlik buyumlarini  bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlagan holda O‘zbekistonga olib kirishga uringan.

Ushbu voqeada amaldagi tartiblarga buysunmay, bojxona xodimlariga asossiz e’tiroz bildirgan fuqarolarning 29 nafari havo yo‘llari orqali ko‘p marotaba harakatlanuvchi yo‘lovchilarni tashkil qilgan. Xususan, 2018-yilning o‘tgan 8 oyi davomida ular Turkiyaga 9 marotabadan 32 marotabagacha borib kelishgan.

Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Prokuratura bojxona organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishlarini qo‘zg‘atdi

“Amaldagi tartiblarga ko‘ra, xalqaro aeroportlar orqali kirib kelayotgan jismoniy shaxslar 2000 AQSh dollari miqdoridagi tovarlarni bojsiz olib kirishlari mumkin. Lekin, bu istalgan tovarni istalgan miqdorda olib kirish mumkinligini anglatmaydi.

Chunki, jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarning qanday maqsadga mo‘ljallanganligini aniqlashda tovarlarning miqdori hisobga olinadi va bunda tovarlarni olib o‘tayotgan jismoniy shaxs va uning oila a’zolari ehtiyojlaridan ortiq miqdordagi bir turdagi tovarlar uchun tegishli bojxona to‘lovlari undiriladi”, - deyilgan bojxona qo‘mitasi xabarida.

Bojxona qo‘mitasi xabarida qayd etilishicha, havo yo‘llari orqali ko‘p marotaba harakatlangan bu yo‘lovchilar tijorat maqsadida olib kelgan tovarlari uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash maqsadida asossiz ravishda bojxona xodimlariga e’tiroz bildirishgan.

Yangiliklar lentasi
0