14:10 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
10911

AQSH elchisi ishtirokida Davlat boshqaruvi akademiyasida “Diniy bagʻrikenglik: Oʻzbekiston va AQSH tajribasi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 18 sen – Sputnik. AQShning xalqaro diniy erkinlik sohasida alohida topshiriqlar boʻyicha elchisi Sem Braunbek boshchiligidagi delegatsiya 17 sentyabr kuni Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.

AQSH delegatsiyasi tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Diniy bagʻrikenglik: Oʻzbekiston va AQSH tajribasi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtadi. Unda qator vazirlik va idoralari mutasaddilari, fuqarolik jamiyati institutlari, diniy konfessiyalar vakillari ishtirok etadi. 

Tadbir doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti va AQShning Global hamkorlik instituti oʻrtasida memorandum imzolanishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular