09:44 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
212 0 0

Moskva yoʻl harakatini tashkillashtirish tizimi MDH hududida eng yaxshilardan hisoblanadi.

TOSHKENT, 19 sen – Sputnik. Ushbu kunlarda, Toshkent shahar hokimligi va Toshkent SHIIBB YHXB vakillaridan iborat delegatsiya yoʻl-transport infrastrukturasi sohasida tajriba oʻrganish maqsadida Moskva shahrida boʻlib turibdi, deb xabar qilmoqda hokimiyat matbuot xizmati.

Moskva tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar departamentida boʻlib oʻtgan uchrashuvda poytaxt hokimligi va Moskva meriyasi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish borasidagi masalalar muhokama qilindi.

Vstrecha v Departamente vneshneekonomicheskix i mejdunarodnыx svyazey Moskvы delegatsii Tashkentskogo xokimiyata i predstaviteley UBDD GUVD i ODD UBDD GUVD Tashkenta
Vstrecha v Departamente vneshneekonomicheskix i mejdunarodnыx svyazey Moskvы delegatsii Tashkentskogo xokimiyata i predstaviteley UBDD GUVD i ODD UBDD GUVD Tashkenta

Moskva hukumati barcha yoʻnalishlar, jumladan, moliyalashtirish boʻyicha ham hamkorlikka tayyorligini bildirdi. Shuningdek, shahar yoʻlovchi transportini rivojlantirish, avtobuslar yetkazib berish, yoʻl-transport infrastrukturasi sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi tashrif doirasida Moskva shahridagi yoʻl harakatini tashkil etish markazi faoliyati bilan tanishdi. 1999 yilda tashkil etilgan ushbu markaz Rossiya poytaxtidagi transportlar bilan bogʻliq holatni yaxshilash boʻyicha MDHdagi eng namunali tashkilotlardan hisoblanadi.

Delegatsiya shuningdek, Moskvadagi qator transport tashkilotlari vakillari bilan ham uchrashishni rejalashtirgan.

Asosiy mavzular