Toshkentdagi Ahmad Donish ko‘chasi vaqtincha yopildi

Obuna bo‘lish
Transport harakati Ahmad Donish ko‘chasi yonida tashkil etilgan aylanma yo‘l orqali amalga oshiriladi.

TOShKENT, 21 sen – Sputnik. Toshkent shahrining Yunusobod tumani Ahmad Donish  ko‘chasida transport harakati vaqtincha yopildi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar qildi.

“Yunusobod” metro yo‘nalishida qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan 21-sentabr kunidan boshlab Ahmad Donish  ko‘chasining markaziy yo‘nalishi vaqtinchalik yopilishi ma’lum qilinadi”, - deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, transport harakati Ahmad Donish  ko‘chasi yonida tashkil etilgan aylanma yo‘l orqali amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0