23:19 08 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Studentы vo vremya vstupitelnыx ekzamenov v Uzekspotsentre

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi kimlarni xorijga yuborishi maʼlum boʻldi

X. Paydoyev / Narodnoye slovo
Jamiyat
Havola olish
233641

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mutaxasisslarni xorijga oʻqish va malaka oshirishga joʻnatish hamda xorijda ishlayotgan vatandoshlar bilan muloqot qilish bilan shugʻullanadi.

TOSHKENT, 26 sen – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi farmonga imzo chekdi, deb xabar qilmoqda UzA.

Ushbu jamgʻarma xorijda yashayotgan va ishlayotgan vatandoshlarimiz, ayniqsa, katta ilmiy salohiyatga ega boʻlgan olimlar, mutaxassislar va isteʼdodli yoshlar bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, jahon mehnat bozorida raqobatbardosh va yuqori malakali kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishga xizmat qiladi.

Farmon bilan yangi jamgʻarmaning tashkiliy tuzilmasi, uning Nizomi, Vasiylik kengashi tarkibi hamda xorijda taʼlim olish, stajirovka oʻtash va malaka oshirish uchun nomzodlar oʻrtasidagi tanlov Tartibi ham tasdiqlandi.

Jamgʻarmaning moliyaviy koʻmagi bilan xorijda malaka oshirib kelgan mutaxassilar, ularni tavsiya etgan muassalarda kamida 3 yil ishlab berishlari kerak boʻladi. Magistratura yoki doktorantura dasturlari boʻyicha taʼlim olgan stipendiatlar, oʻqishdan soʻng 5 yildan kam boʻlmagan muddatda, stipendiatni oʻqitishga qilingan barcha harajatlar mikdori 75 ming AQSH dollaridan ortiq boʻlsa, ularga 7 yilgacha uzluksiz ishlab berish majburiyati yuklanadi.

Jamgʻarma xorijdagi malakali vatandoshlarimiz hamda Oʻzbekistondagi kadrlar zahirasiga ehtiyoji bor vazirlik va idoralar uchun oʻziga xos koʻprik vazifasini oʻtaydi.

Asosiy mavzular