09:52 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
253 0 0

Yangi yoʻl belgisi chorrahalarda transport oʻtkazuvchanligini oshirish uchun joriy etilmoqda

TOSHKENT, 27 sen — Sputnik. Toshkentda svetoforning qizil chirogʻiga, barcha yoʻl harakati ishtirokchilarini oʻtkazib yuborgan holda oʻngga burilish huquqini beruvchi yoʻl belgisini oʻrnatish boshlandi, deb xabar qildi poytaxt hokimiyati matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, ushbu yoʻl belgisi chorrahalarda transport oʻtkazuvchanligini oshirish uchun joriy etilmoqda. Shuni taʼkidlab oʻtish joizki, harakat ishtirokchilariga (piyodalarni ham) yoʻl bergan holda svetoforning qizil chirogʻiga ham faqatgina oʻnga burilish mumkin. Lekin, harakat davomida boshqa harakat ishtirokchilariga xavf tugʻdirilmasligi shart.

Bu yoʻl belgisi oʻrnatilgan chorrahalardagi video-kameralar tomonidan svetoforning qizil chirogʻiga boshqa harakat ishtirokchilariga yoʻl bergan holda oʻngga burilish qoidabuzarlik sifatida qayd etilmaydi.

Znak, razreshayuщiy povorot napravo
© Press-slujba xokimiyata g. Tashkent.
Znak, razreshayuщiy povorot napravo

Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 maydagi qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” asosida quyidagi chorrahalarda ushbu belgi oʻrnatiladi:

1. Furqat – Islom Karimov chorrahasi
2. Afrosiyob – Beshyogʻoch koʻchalari chorrahasi
3. Farobiy – THAY koʻchalari chorrahasi
4. Sharof Rashidov – Abdulla Qodiriy koʻchalari chorrahasi
5. Sharof Rashidov – Navoiy koʻchalari chorrahasi
6. Navoiy – Amir Temur koʻchalari chorrahasi
7. Osiyo – Amir Temur koʻchalari chorrahasi
8. Osiyo – Oqqoʻrgʻon koʻchalari chorrahasi
9. Mirzo-Ulugʻbek – Parkent koʻchalari chorrahasi
10. Islom Karimov – Amir Temur koʻchalari chorrahasi
11. Qatortol – Muqimiy koʻchalari chorrahasi
12. Chilonzor – Choʻponota koʻchalari chorrahasi
13. Chilonzor – KHAY koʻchalari chorrahasi
14. Uygʻur – Beshqayragʻoch koʻchalari chorrahasi
15. Talabalar – Qamarniso koʻchalari chorrahasi
16. Beruniy – Saqichmon koʻchalari chorrahasi
17. KHAY – Kichik Beshyogʻoch koʻchalari chorrahasi
18. KHAY – Qatortol koʻchalari chorrahasi
19. KHAY – Sharof Rashidov koʻchalari chorrahasi
20. KHAY – Beruniy koʻchalari chorrahasi
21. Qorasaroy – Nurafshon koʻchalari chorrahasi
22. Nurafshon – Sagʻbon koʻchalari chorrahasi

Asosiy mavzular