01:08 24 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Sbor xlopka

Paxta mavsumi: majburiy mehnatga undash boʻyicha 410ta murojaat kelib tushdi

© AFP 2018 / NOORULLAH SHIRZADA
Jamiyat
Havola olish
54010

"Afsuski, joylarda holatni oʻrganish paytida murojaatchilar turli sabablar taʼsirida oʻz shikoyatlarini qaytarib olayotgani kuzatilmoqda. Paxta terimiga majburiy jalb qilish boʻyicha tasdiqlanmagan holatlar yuzasidan qayta tekshiruv ishlari oʻtkazilmoqda", - deyiladi xabarda

TOSHKENT, 29 sen - Sputnik. Joriy yil 28 sentyabr kuni Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining paxta terimiga majburiy jalb qilish holati boʻyicha rasmiy maʼlumoti eʼlon qilindi.

Vazirlikning "ishonch telefoniga" 10-27 sentyabr oraligʻida paxta terimiga majburiy jalb qilish holati yuzasidan jami 410 ta murojaat kelib tushgan. Ulardan 228 tasi Davlat mehnat inspektsiyasi inspektorlari tomonidan koʻrib chiqildi, 26 tasida qonunbuzarlik holati tasdiqlangan, 202 ta murojaatda paxta terimiga majburiy jalb qilish holati tasdiqlanmagan.

"Afsuski, joylarda holatni oʻrganish paytida murojaatchilar turli sabablar taʼsirida oʻz shikoyatlarini qaytarib olayotgani kuzatilmoqda. Paxta terimiga majburiy jalb qilish boʻyicha tasdiqlanmagan holatlar yuzasidan qayta tekshiruv ishlari oʻtkazilmoqda", - deyiladi xabarda.

Vazirlik axborotiga koʻra, 10 sentyabrdan buyon 26 ta holat boʻyicha mansabdor shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Paxta uchun pul va "soliq" yigʻimi haqida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekistonda paxta terimi uchun hech qanday pul yigʻimlari va qoʻshimcha soliqlar nazarda tutilmaganligini eslatib oʻtgan.

"Aksincha, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan Bosh prokuratura huzuridagi Multimediya markazi hamkorligida paxta terimchilari uchun yaratilgan iqtisodiy manfaatdorlikni yoritish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Respublikadagi mehnat resurslari yetishmaydigan beshta hududda oʻtkaziladigan paxta terimi targʻibotiga bagʻishlangan videolavha @terimuz telegram kanalida joylashtirilgach, bir kunning oʻzida 1.6 mln.dan ortiq odamlar tomonidan koʻrildi. Paxta terimida qatnashish istagida boʻlgan barcha fuqarolar +998712000602, @terimuzbot telegram boti, shuningdek, www.terim.uz saytida maʼlumot qoldirishlari mumkin", - deyiladi vazirlik xabarida. 

Koʻngilli otryadlar haqida

Oʻzbekiston hukumat tomonidan aholini ixtiyoriy paxta terimiga ragʻbatlantirish boʻyicha turli chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri koʻngillilar orasidan otryadlar tuzish hisoblanadi. Mazkur otryad rahbarlariga paxta mavsumi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari fondi hisobidan otryad tomonidan terilgan 80 tonna paxta uchun 1 mln. soʻm miqdorida mukofot puli berish belgilangan. Paxta terimi yuqori koʻrsatkichda amalga oshirilgan taqdirda mukofot puli oyiga 2 mln. dan koʻproqqa yetishi mumkin.

Oʻzbekistonda bu yil paxta terimida ishlab topilgan mablagʻlarga hech qanday soliq solinmaydi, deya eslatgan vazirlik.

Taʼkidlanishicha, mehnat vazirlgik mutaxassislari tomonidan Oʻzbekiston Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 51-moddasi "Mehnatga maʼmuriy tarzda majburlov" boʻyicha jarima miqdorini sezilarli darajada, yaʼni birinchi qonunbuzarlik holatida eng kam oylik ish haqining 25-50 barobari va takroriy holatda eng kam oylik ish haqining 50-100 barobari miqdorida oshirishga qaratilgan  hujjat koʻrib chiqish uchun tayyorlanmoqda.

Asosiy mavzular