06:50 25 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Oplodotvorennыe yaytsekletki mыshi v chashke Petri gotovы dlya eksperimenta. Rabota tsentra genomnogo redaktirovaniya MGU, gde pod rukovodstvom doktora biologicheskix nauk Petra Sergiyeva provodyat opыtы po izmeneniyu DNK yaytsekletki mыshi.

MDHning uch mamlakatida Pentagon labaratoriyalari qayta taʼmirlanmoqda

© Sputnik / Tatyana Pichugina
Jamiyat
Havola olish
69601

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi Pentagon labaratoriyasi qayta taʼmirlanishi haqida hech narsa eshitmaganini xabar qildi.

TOSHKENT, 4 okt - Sputnik. Ukraina, Ozarbayjon va Oʻzbekistondagi Pentagonga tegishli boʻlgan labaratoriyalarda qayta taʼmirlash amalga oshirilmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti, Rossiya Qurolli kuchlarining radiatsiya, kimyo va biologik himoya qoʻshinlari boshligʻi Igor Kirillovga asosan.

“Lugar markazi AQShning yirik harbiy-biologik dasturining bir qismidir. Dastur doirasida Rossiya atrofida joylashgan mamlakatlarda Pentagonga taaluqli boʻlgan bir necha markazlar faoliyat yuritmoqda. Ukraina, Ozarbayjon va Oʻzbekistondagi Pentagonga tegishli boʻlgan labaratoriyalarda qayta taʼmirlash amalga oshirilmoqda”, - dedi Kirillov.

Rossiyalik harbiy aytishiga qaraganda, Lugar markazlari faoliyatining asosiy maqsadi infektsion kasalliklar haqida barcha maʼlumotni toʻplash, patogen mikroorganizmlarning  milliy kollektsiyalarini shtammlarini, jumladan vaktsina va antibiotiklarga bardosh beruvchi shtammlarni ham olib chiqib ketishdir.

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligida Petagonga tegishli boʻlgan laboratoriyalarda hech qanday qayta taʼmirlash ishlari haqida eshitmaganliklarini xabar qilishdi.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin Gruziya Davlat xavfsizligi sobiq vaziri Igor Giorgadze Moskvada, matbuot anjumani chogʻida AQSH prezidenti Donald Trampga Gruziyada faoliyat yuritayotgan Lugar Markazi faoliyatini tekshirishni soʻrab murojaat qilganini xabar qildi.

Giorgadze jurnalistlarga Gruziyadagi Lugar Markaziga tegishli boʻlgan tibbiyot markazida 2015 yilning dekabr oyida - 30 kishi, 2016 yilning avgustida - 16 kishi vafot etganini xabar qildi. Bemorlarning barchasi “Geppati S”dan davolash uchun ushbu tibbiyot markazlariga yotqizilgan boʻlgan. Laboratoriya eʼlon qilgan hisobotlarda ushbu beʼmorlarning ismi shariflari koʻrsatilmagan, faqat yoshi va jinsi koʻrstilgan.

© Sputnik / Aleksey Kudenko
Brifing Ministerstva oboronы RF po bioorujiyu

Asosiy mavzular