Habib nima sababdan mushlashuv uyushtirganini aytib berdi

© John LocherXabib Nurmagomedov
Xabib Nurmagomedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Habib jangdan keyingi matubuot anjumanida mushtlashuvni dini, vatani va otasining humati uchun uyushtirganini aytib berdi.

TOShKENT, 7 okt – Sputnik. “Bu jang hech qachon tugamaydi”, - degan edi Makgregor jangdan oldingi intervyulardan birida va u haq bo‘lib chiqdi.

Xabib Nurmagomedov - Sputnik O‘zbekiston
Habib Nurmagomedovga chempionlik kamari taqdim etilmadi

Oktagonda rasmiy jang tugaganidan so‘ng, yengilgan raqib jamoasi a’zolari Habibni haqorat qilishga tushishdi. Bunga chidab tura olmagan Habib oktagon devoridan sakrab o‘tib  Makgregorning Jiu-jitsu bo‘yicha treneri Dillon Denis va boshqa sekundantlari bilan mushtlashib ketdi. Ularni bir zumda politsiya va xavfsizlik xizmati xodimlari o‘rab olishdi.

Hammaning nigohi bir tarafda bo‘lgan paytda Habib jamoasi sekundanlari oktagon devoridan ichkariga kirib Makgregorga bir necha zarba berishga ulgurishadi.

Oqibatda chempionlik kamarini taqdim etish marosimi oktagon ichida, omma oldidan emas tribunalar ostida trenerlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Oktagonda esa faqat Habibning g‘alabasi e’lon qilindi.

Jangdan so‘ng tashkil qilingan matbuot anjumanida Habib Nurmagomedov jurnalistlar savollariga javob berdi.  

- Sizni ringdan sakrab chiqishga nima majubr qildi, deb birinchi savolni berdi jurnalist. 

"Men  bir narsani tushunmayman, nimaga hamma meni ringdan sakrab chiqqanim haqida gapiradi? Nima hech kim Konnorning avtobus oynasini urib sindirgani, meni, dinimni, vatanimni, otamni haqorat qilgani haqida  gapirmaydi?

Otam meni ustozim. Men u kishini juda hurmat qilaman. Buni hamma juda yaxshi biladi.

Trenirovka boysa Xabiba Nurmagomedova - Sputnik O‘zbekiston
Habib Makgregorni yengdi

Konnor nimaga qodirligi bugun ringda bilindi. Alhamdulilloh, men yengilmagan chempion nomini saqlab qoldim.  

Oxirgi vaqtlarda, menimcha, OAVlar MMA sportini biroz o‘zgartirdi. Bu raqiblar bir-birini hurmat qiladigan sport turidir. Bu turli valdiroqi gaplar gapiriladigan sport turi emas.

Men oldin ham aytganman hozir ham aytaman - Men buni o‘zgartiraman. Men raqib haqida, uning otasi yoki dini haqida turqi haqoratli gaplar gapirishga chek qo‘yaman.

Sizlar jurnalistlar sportchining otasi yoki dini haqida gapirishga haqqingiz yo‘q. Shuni bilib qo‘yinglar.  

Men uyga borganimda otam jazolashini yaxshi bilaman (deb kulib qo‘ydi).

Nevada, Las-Vegas yana bir bor meni kechiringlar, - deb so‘zini yakunladi Habib.

Konnor Makgregor matbuot anjumaniga kelmadi. Anjumanning to‘liq videosini quyida tomosha qilishingiz mumkin.

Jang Habibning g‘alabasi bilan tugashini ko‘pchillik ekspertlar oldindan e’lon qilishgan bo‘lsada, jangdan keyingi hodisalar hech kimning xayoliga ham kelmagan edi.

Trenirovka boysa Xabiba Nurmagomedova - Sputnik O‘zbekiston
Habib Makgregorni yengdi

Ishqibozlarning ommaviy janjalida soha ekspertlari UFC rahbariyatini aybdor deb hisoblamoqda. Ularning fikriga ko‘ra, jangdan oldin ishqibozlarni qiziqtirishni haddan oshirib yuborilgan.

Xususan, UFC rahbariyati Makgregorning jangdan oldingi turli haqoratli chiqishlariga qarshilik qilmasdan, uni jazolamasdan kelishgan. Masalan Makgregor avtobus oynasini sindirganda yoki, vazn o‘lchash marosimidagi qiliqlari uchun hech qanday jazo berilmagan.

Yangiliklar lentasi
0