03:30 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Atom elektr stantsiyasi

Oʻzbekistonda AES qayerda qurilishi maʼlum boʻldi

Press-slujba prezidenta Ukrainы
Jamiyat
Havola olish
220910

Oʻzbekistonda atom elektr stantsiyasi qurilishi uchun joy qanday tanlanganini Yadro fizikasi instituti xodimi aytib berdi.

TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. Oʻzbekistonda atom elektr stantsiyasi qurish uchun joy tanlash qanday amalga oshirilgan haqida Sputnik muxbirga Yadro fizikasi instituti direktori oʻrinbosari Sodiqov Ilhom Ismoilovich soʻzlab berdi.

"Atom elektr stantsiyasi uchun joy tanlashda biz, avvalo, oʻtgan asrning 80 yillarda oʻtkazilgan dastlabki izlanishlar natijalari bilan tanishib chiqdik va 70ta potentsial hududni tanlab oldik.

Ular orasida infratuzilmalarga, elektr uzatish liniyalariga, suv havzalariga yaqinligi hamda seysmik faollik va boshqa koʻrsatgichlariga asosan 10 ta asosiy hudud tanlandi.

Soʻnggi bosqichda biz Buxoro  va Navoiy viloyatlari chegarasida Toʻdakoʻl koʻli yaqinida joylashgan maydonni tanlab oldik.

AES qurilishida eng asosiy talablardan biri bu – suv manbaasining yaqin boʻlishidir. Maʼlumki, AES faoliyatida katta miqdorda texnik suv kerak boʻladi.  

Toʻdakoʻl koʻli yaqinidagi maydon, eng mos keladigan maydonlardan biridir. Chunki bu yerda texnik va ichimlik suv manbaalari bor. Undan tashqari 500 kilovoltli elektr uzatish liniyalari,  avtomobil va temiryoʻl ham yaqin joylashgan. Shuningdek, ushbu hudud 8 ballik seysmik faollik hududi hisoblanadi. Bizning stantsiya esa 9 balli seysmik zonaga moʻljallangan. Misol uchun, ana shunday stantsiyalar Turkiyada qurilgan. Umuman olgandan ushbu hudud Rosatom talablariga toʻliq javob beradi", - dedi Sodiqov.

Ilhom Sodiqov aytishiga qargandan atom elektr stantsiyasi qurilishi Oʻzbekiston uchun juda muhim ahamiyatga ega. Birinchidan bu – barqaror va arzon elektr energiyasi manbaidir. Ikkinchidan AES – infratuzilma, fan, madaniyat va iqtisodning turli sohalarini rivojlantirishga yordam beradi.

Uchinchidan esa – Oʻzbekistonni AESga ega boʻlgan nufuzli mamlkatlar qatoriga qoʻshadi, - deydi olim.

Asosiy mavzular