04:36 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Xvost samoleta uzbekskix avialiniy

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Pyotr Karimovning daʼvo arizasiga javob berdi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
90620

Islom Karimovning oʻgʻli Pyotr “Oʻzbekiston havo yoʻllar” MAKning Moskva shahridagi filialida 13 yil davomida ishlagan. U boʻshagandan soʻng aviakompaniyani belgilangan maosh puli toʻlanmaganlikda aybladi.

TOSHKENT, 11 okt – Sputnik, Mariya Sheludyakova. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK tomonidan Pyotr Karimovga boʻshagandan soʻng unga hisob-kitob qilinishi va hujjatlarni olib ketishi haqida ogohlantirish xati yuborilgan. Bu haqda Sputnik tahririyatiga aviakompaniyaning matbuot kotibi Zumrad Shadjalilova maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston sobiq prezidenti Islom Karimovning oʻgʻli Pyotr Karimov “Oʻzbekiston havo yoʻllari”ga nisbatan daʼvo arizasi bilan Moskvaning Tver sudiga murojaat qilgan.

Daʼvo arizasi quyidagicha mazmunda topshirilgan: "toʻlanmagan ish haqini undirib berishga oid mehnat boʻyicha nizolar".

Sud yigʻilishi 24 oktyabrga tayinlangan.

Pyotr Karimov 2004 yildan 2017 yil aprel oyigacha “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning Moskva filiali kompaniyaning bosh vakilining yordamchisi lavozimida ishlagan.

“Karimov Mehnat kodeksiga asosan oʻz xohshiga koʻra boʻshagan. Biz buyruqlarni koʻtardik va bu fakt tasdigʻini topdik”, - dedi Shadjalilova.

Pyotr Karimov 1969 yilda tugʻilgan. OAV maʼlumotlarga koʻra, hozirgi vaqtda u Moskva viloyatida istiqomat qiladi.

Asosiy mavzular