04:44 10 Dekabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9408.25
  • USD8314.85
Nokia Mobira Cityman 1987

Islom Karimovning birinchi mobil telefoni  namoyish etildi

© Nokia
Jamiyat
Havola olish
59410

Fotosuratda koʻrinib turgan telefon afsonaviy Nokia kompaniyasining 1987 yilda ishlab chiqarilgan modeli – Mobira Citymanni tanish mumkin.

TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Toshkent shahrida joylashgan aloqa tarix muzeyida Oʻzbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimovning birinchi uyali aloqa apparati namoyish etildi, Surxondaryo hokimligi matbuot xizmati xabariga asosan.

Ushbu telefon apparati orqali Islom Karimov 1992 yilning 26 avgustida Oʻzbekiston tarixida birinchi uyali aloqa suhbatini amalga oshirgan.

Fotosuratda koʻrinib turgan telefondan afsonaviy Nokia kompaniyasining 1987 yilda ishlab chiqarilgan modeli – Mobira Cityman, (yoki Nokia Cityman) telefonini tanish mumkin.

Nokia Mobira Cityman 1987
Nokia Mobira Cityman 1987

Nokia Mobira Cityman 900 telefon apparati 1987 yilda Finlandiyaning afsonaviy kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Aynan ushbu telefon orqali 1987 yilning 9 aprelida Mixail Gorbachev Xelsinkidan Moskvaga qoʻngʻiroq qilgan edi.

Nokia Mobira Cityman 1987
Nokia Mobira Cityman 1987

Nokia  Mobira Cityman oʻz davrining eng ilgʻor apparati boʻlgan: telefon yangi  NMT900  aloqa standartida ishlagan, uning ogʻirligi 760 gramm bщlgan. Bundan oldingi mobil telefonlar ogʻirligi 5 kg atrofida boʻlgan.

Aynan ushbu telefonning monoblok shaklidagi koʻrinishi (form-faktor) kelajakda barcha uyali aloqa apparatlari uchun standartga aylanadi. Telefonda qoʻngʻiroq qilishdan tashqari ilk bor sms yuborish funktsiyasi paydo boʻladi. 

Nokia Mobira Cityman 1987
Nokia Mobira Cityman 1987

Oʻsha vaqtda uning narxi 5000 $ atrofida, aloqa xizmatlari narxi esa: chiqish qoʻngʻiroqlari uchun daqiqasiga - 2 $, kirish qoʻngʻiroqlariga - 1$ boʻlgan.

Asosiy mavzular