05:02 10 Dekabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9408.25
  • USD8314.85
Vrach derjit rentgenovskiy snimok

Oʻzbekiston  olimlari umurtqani tekislaydigan qurilma ixtiro qilishdi

© Gov.uz
Jamiyat
Havola olish
39811

Besh nafar Oʻzbekistonlik tibbiyot olimlari umurtqa deformatsiyalarini xirurgik davolash uchun qurilma yaratishdi.

TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Oʻzbekiston Travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti mutaxassislari umurtqa shikastlanishlari va kasalliklarini davolashda qoʻllaniladigan qurilma yaratdilar, deb xabar qilmoqda Hukumat portali.

Ushbu murakkab qurilma uchun mualliflar Shotursunov Shoxaydar, Kochkartayev Sanjar, Musayev Rustam, Korakulov Komil va Soliyev Suxroblar nomiga FAP​ 01321 sonli foydali model patenti berildi.

Qurilmaning texnik tuzilishi haqida quyidagilar xabar qilingan:

Qurilma umumiy oʻq boʻylab harakatlana oladigan qilib ulangan ikkita tayanchdan tashkil topgan boʻlib, tishlar bilan taʼminlangan. Har bir tayanch uchi tashqi tomondan P-simon plastina bilan bikr ulangan, tayanchlardan biri rezbali sterjen koʻrinishida bajarilgan va fiksatsiyalovchi gayka bilan taʼminlangan, ikkinchi tayanch ichki oʻq boʻylab rezbali kovak tsilindr koʻrinishiga ega, bunda tishlar P-simon plastinalarning tashqi yuzasida bajarilgan, ichi boʻsh tayanchda esa oʻrnatish kaliti uchun kesik bajarilgan.

Asosiy mavzular