04:25 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Musor na doroge v Tashkente

Transportdan axlat tashlash uchun jarima 2 baravar oshirildi

Press-slujba GUVD g. Tashkenta
Jamiyat
Havola olish
326 0 0

Bugungi kunda transport oynasidan axlat tashlash uchun jarima miqdori 18430 soʻm.

TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 oktyabr kuni Maʼmuriy javobgarlik kodeksining bar qator bandlariga oʻzgartirish kiritish haqidagi qonunni imzoladi, deb xabar qilmoqda "Xalq soʻzi".

Kiritilgan oʻzgarishlardan biri, transport vositasidan axlat tashlashga taaluqlidir.

Xususan, Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 123 moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, bundan buyon poyezd vagonlari, avtobus yoki avtomobil transporti oynalaridan otib yuborilgan axlat uchun undiriladigan jarima miqdori EKIHning 1/5 miqdorida - yaʼni 36860 soʻm etib belgilandi.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda ushbu jarima miqdori EKIHning 1/10 (18430 soʻm) miqdorida belgilangan.

Shuningdek Maʼmuriy qonunbuzarlik kodeksiga maxsus belgilangan joylardan boshqa joyga axlat tashlash, tabiiy suv havzalarini ifloslantirish va kanalizatsiya tarmoqlari foydalanish qoidalarini buzish uchun javobgarlik choralari kuchaytirilgan.

Asosiy mavzular